Jahon | 16:17 / 27.10.2018
46142
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistondagi terrorchilar guruhi boshlig‘i nima uchun xorijlik sayyohlarga hujum qilishganini aytdi

Foto: AP/ Zuly Rahmatova

Tojikiston oliy sudi xorijlik velosayyohlarga uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshladi.

Sud majlisida Husayn Abdusamadov velosayyohlar Suriya va Iroqdagi “Islom davlati” guruhiga qarshi kurashayotgan AQSh va Yevropa davlatlari fuqarolari bo‘lganligi uchun ularga hujum qilishganini aytgan. Abdusamadovning so‘zlariga ko‘ra, ularga qori Nosir ismli shaxs va MDH davlatlarida teraktlar uyushtirish bo‘yicha “vakil” -  dog‘istonlik Nuxas ismli ko‘rsatma bergan. 

Husayn Abdusamadov

Ayni paytda Farhor tumanida yashagan Nosirxo‘ja Ubaydov Interpol tomonidan qidirilmoqda. 

Navbatdagi sud majlisi 29 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 29 iyul kuni Tojikistondagi Xatlon viloyatining Dang‘ara tumanida avtomobil bostirib borishi natijasida mamlakatda velosipedda sayr qilib yurgan to‘rt nafar xorijlik: ikki nafar AQSh hamda Niderlandiya va Shveytsariya fuqarolari halok bo‘lgandi. 

Foto: AP/ Zuly Rahmatova

Tojikiston bosh prokuraturasi saytida berilgan bayonotga ko‘ra, xorijlik sayyohlarga hujumni xorijda ishlab chiqilgan reja asosida Islom uyg‘onish partiyasi ekstremistik-terrorchi tashkiloti a'zolari - Panj tumanida yashagan Husayn Abdusamadov, Asomidin Majidov, Zafar Safarov va Nurak shahrida yashagan Asliddin va Jafar Yusupovlar amalga oshirishgan.

Mavzuga oid