Avvalgilarga öxşamas. El Klasikoni köriş uçun 5 sabab
|18:30 / 28.10.201831 9229 min
Bugun Toşkent vaqti bilan soat 20:15da, Ispaniya çempionati 10-tur doirasida «Real» «Kamp Nou»da «Barselona» mehmoni böladi. Aslida bu öyin alohida ta'rifga muhtoj emas, ammo Kriştianu Ronalduning ketişi va Lionel Messining jarohat olişi natijasida, sönggi 11 yilda ilk bor El Klasiko uşbu superyulduzlarsiz ötmoqda. Ammo agar vaziyatga boşqa tarafdan qaralsa, bu vaziyatga ham ijobiy qaraş va bugungi öyin oldingilardan yaxşi ma'noda farqliroq bölişiga sabablar topiş mumkin ekan. Qöyida şu haqida.
Yangi qahramon kim böladi?
Aslida bu omil öyinga bölgan qiziqişni orttirişi ham mumkin. Nihoyat, barça e'tibor jamoalarga qaratiladi. Avvallari, mana şu ön bir yil içida Zlatan Ibrahimoviç, Suares yoki Neymar, Beyl yoki Asensio va hatto Jyeremi Matyo qahramon bölgan öyinlarning guvohi bölganmiz. Lekin bilasizmi, öşa öyinlarda ham barça kameralar Messi va Ronalduga qaratilar, oldindan bu futbolçilardan nimadir kutilar edi. Yuqorida tilga olingan qahramonlar esa, aynan mana şu e'tiborsizlikdan foydalanib qolişardi.
Hozirgi holat boşqaça. Har bir futbolçi yangi qahramonga aylanişi mumkin. Kimdir Iskodan nimadir kutsa, boşqalar, nihoyat Koutino barçasini öz qöliga oliş kerak deb hisoblamoqda. Ba'zilar Garet Beyl yoki Benzema özlarini isbotlaş vaqti kelganini aytsa, narigi tarafdan Vidalni asosiy tarkibda kutayotganlar bor.
Xullas, bugungi El Klasiko rejissyorlariga qiyin böladi. Öyin oldidan kameralarni aynan qaysi futbolçiga qaratiş, kimga urğu beriş borasida biror töxtamga kela olmayotganliklari şubhasiz.
Murabbiylar
Bunday vaziyatdan çiqib ketişning yöli - ingliz hamkasblari tajribasidan foydalaniş. Ya'ni, bor e'tiborni öyinning haqiqiy rejissyorlari bölmiş murabbiylarga qaratiş mumkin. Töğri, Lopetegi va Valverde El Klasikoning afişasida rasmi çiqadigan darajada marketingbop emas. Ammo ançadan beri ilk marotaba maydonning har ikki tarafida ham asosan öyin konsepsiyasini yaratişga urğu beradigan murabbiy turibdi. «Barselona» bunday murabbiylarga vaqti-vaqti bilan murojaat qilib turgan, lekin Peres işga olgan murabbiylarning deyarli hammasi asosan yulduz futbolçilar bilan til topiş, jamoaning umumiy tayyorgarligini va motivatsiyasini bir maromda uşlab turiş bilan şuğullanar edi. Ançelotti, Mourino, Zidan va hatto Kapello ham öz öyin falsafasiga va aniq seziladigan uslubiga ega emasdi. Kiçik öyinlarni umumiy tayyorgarlik va klass hisobiga, katta öyinlarni esa konkret raqibga mos taktika evaziga yutişga urinadigan murabbiylar edi ular.
Mavzuga oid
Peres urfga aylangan futbolçilar bilan maqtaniş örniga, endi boşqa yöldan boryapti - asosiy maqsad urf böla oladigan öyin namoyiş qilinsinki, bu ğoya içidagi Asensio ham, Isko yoki Vaskes ham jahon yulduzlariga aylansin. Ispaniya terma jamoasida juda yaxşi öyin yaratgan Lopetegining taklif qilinişi ham şundan edi.
Uning bugungi raqibi Valverdeni ham Bilbaodagi işlari orqali ajoyib taktik murabbiy sifatida bilamiz. Uning ğoyalari ba'zida Messining buyukligi soyasida qolayotgan bölişi mumkin, ammo taqdirning hazilini qarangki, aynan «Real»ga qarşi öyin oldidan Messi yöq. Demak bugun avvalgi Klasikolarga öxşamaydigan öyinni, maydondagi yulduzlar emas, maydon çetidagi ikki taktikning kuraşini körişimiz mumkin.
Pep Gvardiola va Joze Mourino davridan beri El Klasiko murabbiylari bugun kabi asosiy planda bölmagan edi.
Bosim
Peresning özgarayotganini har qança gapirmaylik, uning ham sabr kosasi bor. «Real» «Levante», «Viktoriya» kabi jamoalar bilan ham qiynalib öynayotgani jamoatçilik fikrini alangalatib yuborayotgani va bu ham Peresga ta'sir qilişi bor gap. «Real»da ötiş yillari bölmaydi, bu yerda har doim sovrin va ğalabalar talab qilişadi. Şu nuqtai nazardan Xulen Lopetegining kursisi qimirlab qolgan bölişi ehtimol.
Bu nimani anglatadi? «Real» bugun şunçaki, qoniqarli natija qayd etiş bilan birgalikda, töğri yölda harakatlanayotganini ham namoyiş etişi kerak böladi. Balki, aynan şu öyin Lopetegining töğri tanlov ekanini isbotlaydigan sönggi imkoniyat bölişi mumkin. Ya'ni, Lopetegi faqat bugungi öyin va raqibdan kelib çiqib, yopiq taktika tanlaşi va qandaydir ssenariyga umid qilişi mumkin emas. U raqib kuçli bölişiga qaramasdan natijani öz uslubi, öyini bilan qölga kiritişiga töğri keladi.
Oldingi Klasikolarda masalan, jamoalardan biri qandaydir farq bilan oldinga çiqib ketgan, raqib jamoa ta'qibçi maqomida bölardi. Yana köpinça, jamoalardan birini durang qoniqtirar edi. Bugun unday emas. Birinçidan, mavsum boşi, oçkolar farqi ham katta emas, «Atletiko» va «Sevilya» bor, demak öyin turnir jadvalida yetakçilikni qölga oliş imkoniyatini beradi. Ikkinçidan, «Barselona» kamida öz maydonida öynayotgani, «Real» esa, yuqorida sabablardan kelib çiqib, faqat ğalaba uçun öynaşi aniq.
Boşqa tomondan bu öyin murabbiyning iste'fosiga sabab bölişi ehtimol. Bunday ssenariyni ham hamma jonli kuzatişni istasa kerak.
Translyatsiya
La Liga matbuot xizmatining xabar berişiça, uşbu öyinda yangi texnologiya qöllanadi. Uşbu texnologiya yordamida muxlislar töp tepilayotgandagi ovozlarni ham eşita olişlari va jarayonni yanayam yaqinroq his qilişlari mumkin. Uşbu texnologiya avtomatik ravişda töp joylaşuvini aniqlab, öşa zonaga eng yaqin joylaşgan mikrofonni işga tuşiradi. Lekin futbolçilarning özaro gaplaşiş yo baqiriş ovozlari eşitilmaydi.
Esingizda bölsa, bir neça yil oldin aynan El Klasiko öyinida ilk bora 3D texnologiyalari yordamidagi translyatsiya amalga oşirilgandi.
Vaqt
«Kamp Nou»dagi öyinlar hamyurtlarimiz uçun juda noqulay vaqtda ötadi odatda. Buning ustiga Yevropada bugundan qişki tizimga ötilayotgani tufayli, öyinlar yana bir soatga surilayotganini ham e'tiborga oling. Ammo sönggi yillarda La Liga marketing siyosati sababli osiyolik muxlislar haqida ham qayğura boşladi.
Ya'ni, Toşkent vaqti uçun soat 20:15 biz uçun juda qulay. Bemalol, barça işlarni bitirib, keçki taomni yeb, televizor qarşisiga ulguriş uçun ideal vaqt. Vodiyliklar Farğonadagi Özbekiston kubogi finalini jonli tomoşa qilib qaytişga ham ulgurişadi.
Hatto «Everton»ga qarşi öyini soat 21:00da boşlanadigan «Mançester Yunayted» fanatlari ham bemalol El Klasikoni töliq köra oladi. Agar Mourino şogirdlari faqat ikkinçi bölimlarda futbol öynayotganliklaridan kelib çiqsak...
«Kamp Nou»dagi an'ana
Darvoqe, Madrid klubi muxlislari uçun yana bir yoqimli holat. «Barselona» uç yildan buyon öz maydonidagi El Klasikolarni ğalaba bilan yakunlay olmayapti. Bunday öyinlar soni 4taga yetgan. Şu yilning may oyida bölib ötgan uçraşuvda 2:2 hisobi qayd etilgan bölsa, undan oldin Superkubok uçun bahsda madridliklar 1:3 hisobida yutib ketişgandi. Undan oldingi mavsumdagi ikki öyin esa, 1:2 va 1:1 hisoblarida yakunlangan. Qiziği, Madriddagi öyinlarda «Barselona» uç öyindan beri faqat ğalaba qozonib kelmoqda.
Barça musobaqalar tarixida esa, ustunlik «Real» tomonda. «Qirollik klubi» 237 uçraşuvdan 95tasida ğalaba qozongan. Kataloniyaliklar hisobida 92 ğalaba bor. 50 öyin durang bilan yakunlangan.
Eng yirik hisob 1943 yilda, Ispaniya kubogi yarim finalida qayd etilgan. Öşanda madridliklar 11:1 hisobida ustun kelgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi