2018 yil 28 oktabr kuni Samarqand viloyatida kuzatilgan yomğir natijasida Samarqand şahri “Fidoyilar” mahallasi hududidan oqib ötuvçi Obi-maş'at kollektorida suv toşib ketgan. 

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, bu aholi xonadonlariga xavf tuğdirgan. Abdurahmon Jomiy köçasida texnika va fuqarolar qatnovini çeklab qöygan.

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi ma'lumotiga köra, uşbu holat suv quvuriga aholi tomonidan taşlangan çiqindilar töplanib qolişi natijasida yuzaga kelgan.

Voqea joyiga yetib borgan qutqaruv guruhi vaziyatni bartaraf etgan. 

Viloyat FVB xodimi A.Oçilovning ta'kidlaşiça, bu holatga fuqarolarning özi ham aybdor. Sababi, ular suv havzalariga turli xil çiqindilarni taşlaş oqibatida şunday holatlar sodir bölmoqda.