Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentga yo‘lovchilar uchun 20ta yangi avtobus keltirildi
Samarqand avtomobil zavodi “SAZ LE60” rusumli 20ta yangi avtobuslarni “Toshshahartransxizmat” AJga taqdim etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“SAZ LE60” rusumli avtobus barcha zamonaviy qulayliklarga ega. Unda umumiy yo‘lovchilar sig‘imi 56 kishini tashkil etadi. Xususan, avtobusda 25 ta yumshoq o‘rindiqlar va konditsioner mavjud.

Shuningdek, avtoulov imkoniyati cheklangan insonlar uchun avtobusga chiqish va joylashishni osonlashtiradigan “knilling” tizimi bilan jihozlangan.
Ma'lumot uchun, Toshkent shahriga yil yakuniga qadar yana 60ta yangi “SAZ LE60” rusumli avtobuslar keltirilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 2008-2009 yillarda chiqarilgan Mercedes-Benz avtobuslaridan foydalanish to‘xtatilgandi.
Mavzuga oid
10:05
Yozgi issiqda avtobuslarda konditsionerlar ishi tekshirilmoqda
08:51
Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026