2022 yil oxirida Janubiy Koreyaning GS Engineering & Construction Corporation kompaniyasi Özbekistonda metanoldan benzin işlab çiqarişni yölga qöyadi.
Prezidentning «Özbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida «Navoiyazot» AJ bazasida dastlabki qiymati 200 mln dollar bölgan yuqori oktanli benzin işlab çiqarişni taşkil etiş ham nazarda tutilgan.
Loyihani amalga oşiriş jadvaliga köra, dekabrda GS, «Özkimyosanoat» va «Navoiyazot» loyihani amalga oşiriş böyiça qöşma korxona taşkil etişga oid ta'sis hujjatlarini imzolaş niyatida. Korxona quvvatlari yiliga 104,3 ming tonna metanoldan benzin va 14,4 ming tonna propan-butan aralaşmasini taşkil etadi.
2019 yil oxirigaça loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlaş rejalaştirilmoqda.
2020 yil may oyida qurilişni boşlaş va 2022 yil dekabrda korxonani işga tuşiriş möljallanyapti.












