Namangan viloyatining Uyçi tumanida xalq ta'limi xodimlarining paxta terimiga jalb etiş holati oldi olindi, deb xabar qilmoqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati.

Qayd etilişiça, Uyçi tumani hokimi xalq ta'limi bölimi mudiridan Toşkent viloyatiga bir nafardan maktablarning mavsumiy işçilarini paxta terimiga yuborişni talab qilgan.

Şunda hokim tumanning barça maktab direktorlarini töplab berişni va ular bilan suhbatlaşişini aytgan. Maktab direktorlari bilan uçraşuv davomida tuman hokimi paxta terimiga bir nafardan xodim ta'minlab beriş yuzasidan topşiriq bergan.

Uyçi tumani xalq ta'limi bölimi mudiri Ş.Murodov maktab rahbarlariga hokim topşiriğini bajarmaslik yuzasidan topşiriq berib, xalq ta'limi xodimlarini paxta terimi jarayoniga jalb etiş holatini oldini olgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 17 iyul kuni ötkazilgan umumiy örta ta'lim tizimini isloh qiliş va rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğilişda öqituvçilarning turli nazorat organlari tomonidan tekşiruvini çeklaş, obodonlaştiriş işlariga öqituvçilarni jalb qiliş, turli yiğilişlarda iştirok etiş, obuna kampaniyasi va özlarining vakolatlari doirasida bölmagan boşqa işlarga jalb qilişni taqiqlaş zarurligi ta'kidlangan.