Xiva şahridagi baland devorlar bilan öralgan Içan Qal'a tarixiy majmuasi Markaziy Osiyoning Jahon merosi röyxatiga qöşilgan birinçi yodgorligidir. KUN.UZ muxbiri Özbekiston xususiy sayyohlik taşkilotlari uyuşmasi taklifiga binoan "Özbekiston temir yöllari" AJ tomonidan taşkillaştirilgan media-tur davomida Xivada bölib, uşbu köhna şahar yodgorliklariga oid ma'lumotlar va suratlar bilan bölişdi.


Yuzlab yillar davomida qad kötargan qal'a va saroylar, masjid va madrasalar, maqbara va minoralar, karvonsaroylar va hammomlar Içan-Qal'ani noyob tarixiy şaharçaga aylantirgan.

Xivadagi obidalarning mayolik qoplamasi öziga xos uslubda bölib, ularga asosan töq kök rangdan havorang va oq ranggaça bölgan böyoqlarda işlov berilgan, ba'zi joylarida esa jigarrang bezaklarga ham közimiz tuşadi.



Xivaning me'morçilik yodgorliklarida köpinça uzum barglari va mevasini yodga soluvçi naqşlar tuşirilgan. Daraxtga naqş öyiş – Xorazm san'at turlaridan biri.


Bu yerda köp joylarda turli naqşlar tuşirilgan yoğoç ustunlar va eşiklarni köriş mumkin.












































