Kertin universiteti (Avstraliya) olimlari tezkor radioçaqnaşlar manbalarini örganib çiqişdi va ular past çastotalarda kuzatilmasligini aniqlaşdi. Uşbu hodisaning aniq sababi hozirça noma'lum. Bu haqda Phys.org’dagi matbuot uçun xabarnomada aytiladi.
Tez radioimpuls bir neça millisoniya davom etadi va kosmik makonga juda katta energiyani çiqarib taşlaş bilan keçadi - bu Quyoş bir neça ön minglab yillar davomida çiqarib taşlovçi miqdorga teng. Farazlardan biriga köra, hodisa özga sayyoralardagi sivilizatsiyalar faoliyati bilan boğliq. Ba'zi olimlarning bildirişiça, bunday çaqnaşlar yulduzlar yöqolib ketişi kabi falokatli hodisalar natijasi bölişi mumkin.
Astronomlar ASKAP radiointerferometri va Murchison Widefield Array (MWA) antennali panjarasidan foydalanib, tezkor radioçaqnaşlar manbalarini qidirişdi. Birinçi vosita 700-1800 megagers (MGts) çastota diapazonida, ikkinçisi esa - 80-300 MGts.da nurlanişni tutib olişga qodir. ASKAP 1,4 gigagers çastotada tezkor radioçaqnaşlarning bir neçta yorqin manbalarini qayd etdi, MWA esa ularni körmadi, garçi osmonning öşa qismiga qaratib qöyilgandi.
Olimlarning sözlariga köra, bu natija radiotölqinlar tarqalişi tufayli yuzaga keladigan impulsning kengayişi hodisasi bilan tuşuntirilişi mumkin emas. Boşqa ehtimoliy variantlar orasida manba atrofida ziç muhit orqali uning ötişida elektromagnit nurlaniş singişi ham bor. Boşqa farazga köra, stsintillyatsiya jarayoni orqali signal çastotasi ASKAP tomonidan qayd etilgan miqdorga qadar oşişi yuz bergan.












