Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 30 oktabr kuni joriy yilda davlat byudjyetining kutilayotgan ijrosi, 2019 yilga möljallangan makroiqtisodiy körsatkiçlar, byudjyet-soliq siyosatining asosiy yönalişlari muhokamasiga bağişlangan yiğiliş ötkazdi. Bu haqda prezidentning rasmiy saytida xabar qilinmoqda.
Yiğilişda joriy yil yakuni böyiça davlat byudjyeti daromadlari 74,5 trillion söm, xarajatlari esa 78,5 trillion sömni taşkil etişi, mahalliy byudjyetlar ixtiyorida 5,5 trillion söm yoki ötgan yilga nisbatan 6 barobar köp mablağ qolişi kutilayotgani qayd etildi.
Byudjyet xarajatlari 2017 yilga nisbatan 60 foiz yoki 29 trillion sömga oşgan. Uşbu mablağlarning 5,6 trillion sömi “Obod qişloq”, “Obod mahalla”, “Yoşlar – kelajagimiz” davlat dasturlari va arzon uy-joylar qurilişini moliyalaştirişga yönaltirildi. Yoş tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriş, aholini iş bilan ta'minlaş uçun “Mikrokreditbank”ka 700 milliard söm va “Xalq banki”ga 1 trillion sömdan ziyod mablağ, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini oşirişga 4,5 trillion söm ajratildi.
Asosiysi, byudjyet sohasi xodimlari iş haqlari, pensiya va nafaqalarini inflyatsiya körsatkiçidan yuqori oşiriş bilan birga tarbiyaçilar, öqituvçilar, ilmiy xodimlar, profecsor-öqituvçilar, madaniyat xodimlarining iş haqlari 30 foizdan 100 foizgaça oşirildi.
Valyuta va narx siyosatining erkinlaşuvi, qişloq xöjaligida hisob-kitoblarning tartibga solinişi va kapital qöyilmalar oşişi byudjyet daromadlari köpayişiga ijobiy ta'sir körsatdi.
— Yil yakuniga qadar yana ikki oy bor. Şuning uçun barça rezervlarni işga solib, byudjyetda yuz berişi mumkin bölgan defitsitning oldini oliş zarur, — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Yiğilişda kelgusi yili byudjyet daromadlari izçil oşişi, soliq tizimida joriy etiladigan tarixiy özgarişlar natijasida aholi va biznesga katta yengilliklar yaratilişi ta'kidlandi.
Xususan, 2019 yil 1 yanvardan:
- tuşumdan olinadigan majburiy ajratmalarni töliq bekor qiliş natijasida korxonalarda qöşimça 5,2 trillion söm daromad qoladi;
- jismoniy şaxslar uçun daromad soliğining eng yuqori stavkasi 22 foizdan 12 foizgaça, yagona ijtimoiy tölovi 25 foizdan 15 foizgaça tuşirilişi, fuqarolarning 8 foizlik suğurta badali bekor qilinişi natijasida aholi daromadlari 6,5 foizga oşadi;











