Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta yetishtirishda zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimlari joriy etiladi

Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida prezidentning “2019-2023 yillar davrida paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan paxta xomashyosi yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarni joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash Respublika ishchi guruhi tarkibi tasdiqlanishi mumkin.
Respublika ishchi guruhining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
tomchilatib sug‘orish tizimlari uskunalari va butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirish;
paxta xom ashyosini yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish tizimlari uskunalari va butlovchi qismlarini ishlab chiqarishga talab qilinadigan polietilen granulasi miqdorini aniqlash, belgilangan tartibda kvota ajratishni va imtiyozli narxlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida berishni tashkil qilish hamda ajratilgan polietilen granulasidan maqsadli foydalanish bo‘yicha monitoring o‘rnatish;
tomchilatib sug‘orishda ishlatiladigan import va ishlab chiqariladigan mahsulotlar turiga zarur texnik talablar belgilashni tashkillashtirish;
paxta xom ashyosi yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha ishlarini joylarda maqsadli o‘rganib borish hamda mavjud muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish.
Belgilab qo‘yilishicha, 2019-2023 yillar davrida paxta xomashyosini yetishtirishda zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimlari:
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va klasterlari hamda boshqa paxta xomashyosini yetishtiruvchi tashkilotlar tomonidan ularga paxta yetishtirish uchun berilgan maydonlarda;
fermer xo‘jaliklari tomonidan ularga ijaraga berilgan yer maydonlarida bosqichma-bosqich joriy qilinadi.
Paxta xom ashyosini yetishtirishda zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy qilish va ularining butlovchi qismlarini ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyolari hamda maxsus texnika, mashina va mexanizmlar xarid qilishning moliyalashtirish manbai qilib quyidagilar belgilanadi:
xalqaro va xorijiy moliya institutlarining kredit va grantlari;
tijorat banklari kreditlari;
davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalar;
klasterlar, fermer xo‘jaliklari va paxta xomashyosini yetishtiruvchi boshqa tashkilotlar hamda tomchilatib sug‘orish tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning o‘z mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi bilan birgalikda 2019-2023 yillarda paxta xom ashyosini yetishtirishda zamonaviy tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etishda talab etiladigan mablag‘larni xalqaro va xorijiy moliya institutlarining kredit va grant mablag‘larini jalb etish yuzasidan tegishli choralar ko‘radi.
Belgilanishicha, 2019-2023 yillar davrida:
tijorat banklari tomonidan klasterlar, fermer xo‘jaliklari va paxta xom ashyosini yetishtiruvchi boshqa tashkilotlar hamda tomchilatib sug‘orish tizimlari, ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga ajratilgan tijorat banklari kreditlarining foizlarini qoplash uchun davlat tomonidan belgilangan tartibda subsidiyalar ajratiladi;
kredit mablag‘larini ajratishda sug‘urta kompaniyalarining kreditning qaytmaslik xatarining sug‘urtalanganligi to‘g‘risidagi polisi, kredit mablag‘lari hisobiga sotib olingan tomchilatib sug‘orish tizimlari qiymatining 80 foizi va boshqa mol-mulklar garov predmeti bo‘lib hisoblanadi;
zamonaviy tomchilatib sug‘orish texnologiyasi, ularning texnologik asbob-uskunalari, butlovchi va ehtiyot qismlari, maxsus texnika va mexanizmlar hamda zarur xom ashyo materiallari (faqat tomchilatib sug‘orishda foydalaniladigan qismi uchun) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘liq ozod qilinadi;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab quvvatlash maqsadida tomchilatib sug‘orish tizimlari butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar 2019-2023 yillar davomida barcha (qo‘shimcha qiymat solig‘idan tashqari) soliqlardan ozod qilinadi;
ushbu soliqlardan ozod bo‘lgan mablag‘lar korxonaning moddiy texnik bazasini yaxshilashga yo‘naltirilishi alohida nazoratga olinadi;
zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy qilishga sarflangan mablag‘larning klasterlar va boshqa paxta xom ashyosini yetishtiruvchi tashkilotlarga 25 foiz qismi, fermer xo‘jaliklariga 50 foiz qismi davlat byudjyeti hisobidan subsidiya tariqasida qoplab beriladi.
Tavsiya etamiz
Kuzning ilk salqin haftasi – ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi
Jamiyat | 22:17 / 15.09.2025
Isroilning Qatarga hujumi: bu Turkiyaga signalmi?
Jahon | 20:55 / 15.09.2025
“Olma sirkasi” - o‘zini kasalga chiqarib, mashhurlikka erishgan bloger hikoyasi
Sog‘lom hayot | 18:45 / 14.09.2025
“Opasida 8, ukasida esa 8,5 ball” – IELTS’dan yuqori ball olgan kitobxonlar oilasi
Jamiyat | 14:01 / 14.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston Misrga guruch va quruq mevalar sotishni boshlashi mumkin
Iqtisodiyot | 08:13
-
2024 yilda kassetali bombalardan jabrlanganlar soni ortdi
Jahon | 07:33
-
Saudiya o‘zbekistonlik talabalar uchun grantlar ajratishi mumkin
Ta’lim | 07:31
-
Germaniya tovon puli o‘rniga Polshaga xavfsizlik kafolatlarini taklif qildi
Jahon | 07:03
Mavzuga oid

07:27 / 29.07.2025
Elektromobillardan foydalanishni ommalashtirish to‘g‘risidagi qarorga qo‘shimcha kiritiladi

09:47 / 15.07.2025
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi

08:38 / 15.07.2025
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi

07:43 / 15.07.2025