Bugun, 31 oktabr kuni Toşkent şahridagi Wyndham mehmonxonasida Özbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uçun “Jamoatçilikni atom energetikasi ustuvor jihatlaridan xabardor qiliş” mavzusidagi seminar bölib ötdi. Tadbir “Özatom” agentligi va “Rosatom” korporatsiyasi tomonidan taşkillaştirildi. 

Tadbirda “Özatom” agentligi boş direktori birinçi örinbosari Vitaliy Dragunov, “Rusatom – Xalqaro tarmoq” kommunikatsiyalar departamenti direktori Ayrat Şavaliyev, “Ilm-fan energiyasi” atom energiyasi axborot markazi tarmoği eksperti, ”Rossiya atom hamjamiyati”ning ta'lim maslahatçisi Andrey Akatov va “Rosatom mamlakati” gazetasining boş muharriri Yuliya Gileva iştirok etdi. 

Seminar doirasida Özbekistonning jurnalist va blogerlari Rossiya atom sohasi tajribasi va Özbekiston uçun zamonaviy yadroviy texnologiyalarga oid ma'lumotlar berildi. Şuningdek, tadbirla atom energetikasining ustuvor jihatlari haqida batafsil ma'lumot taqdim etildi. 

“Özatom” agentligi boş direktorining birinçi örinbosari Vitaliy Dragunovning KUN.UZ’ga ma'lum qilişiça, atom energetikasining asosiy tamoyillaridan biri jamoatçilik va odamlarning bu haqida töliq va obektiv ma'lumotga ega bölişidir. 

Vitaliy Dragunov

“Odamlar ma'lumotlarning aksariyat qismini ommaviy axborot vositalaridan olişadi. “Özatom” agentligi atom energetikasi haqida xabardor qiluvçi jurnalistlarimizning buni haqqoniy, asosli va töğri yetkazişlaridan manfaatdordir. Bugun RFning “Rosatom” davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda taşkil qilingan seminar – keng doiradagi özbekistonlik jurnalistlarni atom mavzusiga jalb qiliş sari taşlangan ilk qadam bölib, bu ularning odamlarga zamonaviy atom texnologiyalari haqida töğri ma'lumot yetkazişlari uçun xizmat qiladi”, - deydi mutaxassis.

Vitaliy Dragunovning sözlariga köra, kelgusida özbekistonlik jurnalistlarning amaldagi atom elektr stansiyalari faoliyati bilan yaqindan tanişiş uçun Rossiya hamda boşqa xorijiy mamlakatlarga safari taşkil etilib, uning davomida AES işçilari va mahalliy aholi bilan suhbatlaşiş hamda bu texnologiyaning xavfsizligiga şaxsan işonç hosil qiliş imkoni yaratiladi.

Seminarning ikkinçi qismida OAV vakillari uçun “Qanday qilib murakkab mavzu haqida oddiy va tuşunarli yoziş mumkin?” mavzusida mahorat darsi ötkazildi. 

Bundan taşqari, jurnalist va blogerlar atom elektr stansiyasi bilan boğliq özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişdi.