Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 31 oktabr kuni qişloq xöjaligini kompleks rivojlantiriş, sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etiş, mahsulotlar eksportini oşiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazildi.

Yiğilişda qişloq xöjaligida innovatsion texnologiyalar, ilmiy işlanmalar, ayniqsa, tomçilatib suğoriş texnologiyasini keng joriy qiliş masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. 

«Isroil davlatining bu boradagi tajribasi körsatib ötildi. U yerda qişloq xöjaligi tomçilatib suğorişga moslaşgani uçun bir kilometr ham kollektor drenaj tarmoği va şörlangan maydonlar yöq. Melioratsiya tadbirlariga umuman xarajat qilinmaydi.

Yurtimizda suvni tejaş texnologiyalarini tatbiq etiş böyiça yetarli iş olib borilmayotgani, buning oqibatida 140 ming kilometr uzunlikdagi kollektor drenajlarga katta mablağ sarf bölayotgani tanqid qilindi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. 

«Suvni tejovçi texnologiyani qöllaş hisobiga 50-60 foiz suvni iqtisod qiliş mumkin. Birgina köçma egiluvçan quvurlardan foydalaniş suvni 10-15 foizga, tomçilatib suğoriş esa 35-65 foizga tejaş imkonini beradi. Lekin, tomçilatib suğoriş tizimi juda kam maydonlarda joriy etilgan, xolos», – degan Şavkat Mirziyoyev.

Şundan kelib çiqib, 2019-2021 yillarda paxta-töqimaçilik klasterlari va fermerlar paxta maydonida tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy qiliş kölamini kengaytiriş zarurligi ta'kidlangan. 

Qişloq xöjaligi kompleksidagi eng asosiy masalalardan biri eksportbop meva-sabzavot yetiştiriş va uni eksport qilişdir. Ammo Qişloq xöjaligi vazirligi, «Özbekoziqovqatxolding» kompaniyasi hududlar rahbarlari bilan tizimli iş olib bormagani oqibatida eksport prognozini töliq ta'minlay olmaslik xavfi mavjudligi qayd etilgan.

Şu bois har bir hudud bilan eksport böyiça ikki oylik rejani kunma-kun belgilab, tizimli bajariş vazifasi qöyilgan. Şu bilan birga, kegusi yil eksporti uçun sabzavot ekinlarini ekiş böyiça topşiriqlar berilgan. 

Özbekistonning iqlim şaroiti ertapişar mahsulotlar yetiştiriş imkonini beradi. Bahor oylarida xorijiy mamlakatlarda ularga talab ortadi. Lekin bu imkoniyatdan unumli foydalanilmayapti. 

Yiğilişda tegişli vazirlik va taşkilotlarga Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Yaponiya va boşqa davlatlar bozoriga qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportini köpaytiriş böyiça körsatma berildi.