O‘zbekistonda kosmik faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. QHTBT portalida prezident va hukumat qarorlari loyihalari muhokama qilinmoqda, deb yozadi Norma.

«O‘zbekkosmos» agentligini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Ushbu idora Vazirlar Mahkamasi huzurida faoliyat yuritib, quyidagilar bilan shug‘ullanadi:

• kosmik faoliyat sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash;
• mamlakatimizda kosmik sohani rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
• kosmik soha infratuzilmasi, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish;
• kadrlarni, shu jumladan yetakchi xorijiy institutlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
• kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlik qilish;
• manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kosmik sohaga xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlarida jalb etish maqsadida xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
• kosmik va yo‘ldosh texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy tijorat tuzilmalari, ishlab chiqaruvchilar va moliyaviy mablag‘lar keng jalb etilishini ta'minlash;
• kosmik faoliyatning ayrim yo‘nalishlari tijoratlashtirilishini rag‘batlantirish.

«O‘zbekkosmos» agentligining ilmiy-texnik va ekspert kengashini tashkil etish taklif qilinmoqda. Uning xulosalari asosida kosmik sohani rivojlantirishga oid strategik masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.

Norma ijodkorligi bilan shug‘ullanish lozim
 
«Kosmik faoliyat to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek 2019–2029 yillarda kosmik sohani rivojlantirish konsepsiyasi va dasturi qabul qilinishi mo‘ljallanmoqda, ularda quyidagilarga e'tibor beriladi: