Ötgan kunlarda bir guruh özbekistonlik ziyoratçilar Umra ziyoratini ado etiş uçun Saudiya Arabistoniga jönab ketgan edilar. Özbekistondan Umra amallarini ado etiş niyatida muborak zaminga yetib borgan fuqarolar Makkai Mukarramadagi 4 yulduzli Al Kiswah Hotel Towers va Madinai Munavvaradagi 5 yulduzli Pullman Zamzam Madina Hotel mehmonxonalariga joylaştirildi. Bu haqda Özbekiston Musulmonlari idorasi xabar bermoqda.
Madina şahridagi işçi guruhi a'zosi Muzaffar Kamolovning bildirişiça, bu yil ziyoratçilarga Madinai Munavvarada 5 yulduzli, zamonaviy va osmonöpar mehmonxona özbekistonlik ziyoratçilar xizmatida bölmoqda. Uşbu mehmonxona Masjidi Nabaviyning şundoqqina yonginasida joylaşgan, ziyoratçilar beş mahal namozlarini uşbu tabarruk masjidda ado etiş saodatiga yetişmoqdalar. Ayni kunda, ziyoratçilar ibodatlarini çiroyli va mukammal ado etişlari uçun mehmonxonada barça şart-şaroitlar muhayyo qilingan. Uşbu qönimgoh juda ham haşamatli bölib, Madina şahrining uzoq-uzoq çekkalaridan ham körinib turadi.
Mehmonxonaning keng zali kişi diqqatini öziga tortadi. U yerda yangi, qulay örindiqlar joylaştirilgan bölib, köçadan çarçab kelgan odam uçun salqinlanib olişga möljallangan.
Ziyoratçi öz xonasiga kötarilmoqçi bölsa, bir neçta liftlar işlamoqda. Har bir xonada ozoda körpa-yu çoyşablar töşab qöyilgan. Xonadagi televizor orqali Ka'bai muazzama yoki Masjidun Nabaviyni töğridan-töğri tomoşa qilib ötirişlari mumkin.
Şuningdek, har bir xonada kiyim javoni, yozuv stoli, sovutgiç va muzlatgiç ham hozirlangan.
Işçi guruhi tomonidan mehmonxonada tibbiyot bölimi va Özbekiston Işçi guruhi ştabi taşkil etilgan bölib, tibbiyot bölimi ham kerakli örindiq va yotoq mebellari bilan ta'minlangan. Şuningdek, ziyoratçilarimizga özimizning oşpazlar tomonidan tayyorlangan laziz va milliy taomlar tortiq qilinmoqda.






















