Germaniya va Fransiya vakillarining ma'lum qilişiça, Ukraina şarqida YeHHT missiyasining uçuvçisiz uçar qurilmasi urib tuşirilgani uçun Rossiya javobgardir. Bu haqda Berlin va Parij qöşma bayonotida aytiladi, deya xabar beradi Reuters.
Bayonotda aytilişiça, YeXHT uçuvçisiz uçar qurilmasi 27 oktabr kuni Donetsk va Lugansk «xalq respublikalari» («DXR» va «LXR») tomonidan nazorat qilinadigan hudud uzra urib tuşirilgan. Bayonot tuzuvçilari ta'kidlaşiça, Rossiyaning hodisaga aloqadorligi böyiça xulosaga monitoring missiyasi tomonidan töplangan ma'lumotlar yordamida keliş mumkin.
«Rossiya va u tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan separatçilar uçuvçisiz uçar qurilmaning urib tuşirilişi uçun mas'uldirlar», - deya xabar qilinadi qöşma bayonotda.
Rasmiy Moskva Ukraina janubiy-şarqidagi harbiy mojaroga aloqasi borligini rad etib kelmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq YeXHT sobiq vakili Donbassdagi aholi azob-uqubatlarini qanday töxtatiş mumkinligini tuşuntirgandi.












