
Innovatsion ikki konturli ROYAL isitiş qozonlari hayratlantiruvçi ustunliklarga ega bölib, bir vaqtda uyingizni isitiş hamda issiq suv bilan ta'minlaş imkoniyatiga ega.
Devorga örnatiladigan yangi ROYAL isitiş qozonlari osonlik bilan kam joy egallagan holda har qanday devorga örnatiladi. Uşbu qozonlar innovatsion diagnostika va avtomatik boşqaruv tizimlariga hamda xavfsizlik darajasini yanada yuqori poğonaga kötaruvçi gaz nazorati hamda seysmik nazorat kabi datçiklarga ega. Gaz nazorati datçiki ROYAL qozonini muttasil nazorat qiladi, zarraça gaz çiqişi bilan bir damda qozonni avtomatik holda öçiradi va muammo haqida sizga xabar beradi. Seysmik nazorat datçiki 4-5 ballik yer qimirlaşlari sodir bölayotganda qozonni avtomatik holda öçiradi va sizni xatardan himoya qiladi.

Isitiş qozonidan qulay foydalaniş uçun xona termostati örnatilgan maxsus boşqaruv pulti mavjud. Uning yordamida suvni bir zumda qizdiradigan va uyni maksimal darajada isitadigan yoki elektr energiyasini tejab işlatadigan “tejamkorlik” tizimlarini sozlaş imkoniyati bor. Bundan taşqari, tejamkorlikka ulkan hissa qöşadigan funksiyalardan biri - bu boşqaruv pultiga örnatilgan taymerdir. Taymer yordamida uyni tark etayotganingizda qozonni öçirişingiz va qaytib kelişingizdan oldin yoqib, uyni isitişingiz mumkin.

Yangi ROYAL isitiş qozonining eng katta ustunliklaridan biri – bu innovatsion, patentlangan, integratsiya qilingan issiqlik almaşuvçi moslamadir. Uşbu moslama tufayli, yangi ROYAL isitiş qozoni boşqa isitiş qozonlarga qaraganda köproq suv isitişga hamda uzoqroq hizmat qilişga qodir.
Yangi turdagi isitiş qozonlarni işlab çiqariş Janubiy Koreyaning Kiturami kompaniyasi bilan hamkorlikda işga tuşirilgan. Hozirda 15 Alfa, 18 Alfa va 24 Alfa nomli, 150 kv.m. 190 kv.m. va 240 kv.m. maydonli uyni isita oluvçi modellar işlab çiqarilişi boşlangan.













