Tarmoqda portlaş aks etgan videolar tarqalgan. Ularda portlaş juda kuçli bölganini köriş mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga köra, avariya sabab Bişkek janubidagi 60 mingta kvartira tun böyi issiq suv va elektr energiyasisiz qolgan yoki issiqlik yetkazib beriş pasaytirilgan.
Qirğiziston FVV vaziri Boobek Ajikeyev portlaş diversiya oqibatida röy bergan bölişi mumkinligini istisno etmagan. U portlaşdan avval çaqnaş ovozi ham eşitilganini aytgan. Ammo texnogen avariya oqibatida ham şunday ovoz çiqişi mumkin.
Hodisa oqibatida 5 kişi jarohat olgan. IESning ikki işçisi 80 foizgaça kuyiş jarohati bilan şifoxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli juda oğir. Avariyadan keyin Qirğiziston boş vaziri Oqilbek Japarov Olmaotaga işçi taşrifini muddatidan avval yakunlab, Bişkekka qaytgan.
Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin mamlakat Bişkekdagi avariya oqibatlarini bartaraf etiş uçun Qirğizistonga yordam berişga tayyorligini bildirgan.
Darslar töxtatildi
Mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da Bişkekdagi barça maktablar va bolalar uşbu muassasalarda issiqlik tizimi işlamagani sababli 5 fevralgaça onlayn ta’lim şakliga ötkazilgani e’lon qilindi. Mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi Bişkek kasalxonalarida rejalaştirilgan barça jarrohlik amaliyotlarini bekor qilganini aytgan. Avariyadan köp ötmay kasalxonalarga issiqlik ta’minoti qayta ulangan, lekin ularda faqat favqulodda bemorlarni qabul qiliş belgilangan.
Yonğin kattaligidan qirğizistonlik öt öçiruvçilar alangani bartaraf etiş uçun ikki soat harakat qilgan.
Havo – 9 darajaga tuşadi
1 millionga yaqin odam yaşaydigan Bişkekda avariya sodir bölgan tunda qor yoğgan va havo harorati –7 darajagaça tuşgan. 2 fevral kuni esa havo harorati –9 darajagaça tuşişi kutilmoqda. Hafta oxirigaça sovuq harorat kuzatilişi vaziyatni jiddiylaştirmoqda. Mutasaddilar avariya oqibatlari töliq bartaraf etilişi uçun kamida 2-3 kun, tizim odatiy rejimga qaytişi uçun esa bir haftagaça vaqt talab qilinişini aytgan. Hozir Bişkekning katta qismida issiqlik ta’minoti uzilgan.
Ertalab stansiyadagi ikkita qozon işga tuşgani, keçga borib yana törtta qozon faoliyati tiklanişi aytilgandi. Issiqlik uzatiş darajasi 50 darajagaça oşirilgan. Batareyalardagi harorat pasaygani sabab tarmoq yuklamaga bardoş bera olişi uçun elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi oşirilgan.
















