Özbekistonda 2025 yilda yangi binolarni markazlaştirilgan issiqlik ta’minoti tizimiga ulaş rejalaştirilmoqda. Bu haqda «Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni bilan tasdiqlangan «yöl xaritasi»da belgilangan.
«Yöl xaritasi»ning 9-bandida uy-joy massivlarida energiya resurslaridan oqilona foydalanişni ta’minlaş haqida söz boradi. Unga köra, 2025 yilda quriladigan 135 mingta kvartirali uy-joylar markazlaşgan issiqlik ta’minoti tizimiga ulanadi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan yangi uylardagi oşxonalar elektr peçkalar bilan jihozlanadi.
Şuningdek, 2025 yil 1 aprelga qadar aholi yaşaş punktlaridagi içki yöllarni yoritiş uçun elektr energiyasi sarfini ikki karra qisqartiriş böyiça Prezident Administratsiyasiga taqdimot qilinadi.
Şu bilan birga, har bir hududda liftlarni foydalanişga topşiriş va ularga xizmat körsatiş böyiça kamida ikkitadan guruh taşkil etiş, sohani zarur mutaxassislar bilan ta’minlaş uçun respublikaning har bir hududida kamida 20 nafardan fuqaroni liftlarga xizmat körsatiş va ta’mirlaş böyiça öqitiş rejalaştirilmoqda (1 maygaça).
Bundan taşqari, «Yangi Özbekiston» va boşqa turar joy massivlarida köp qavatli uylar quriş xarajatlarining kamida 2 foizi yaqin atrofdagi hududlarni obodonlaştirişga yönaltirilişi mumkin. Tegişli hujjat loyihasi 1 iyulga qadar Vazirlar mahkamasiga kiritilişi kerak.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni energiya samaradorligini oşiriş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişgandi. Öşanda köp qavatli uylarda issiqlikni yaxşi saqlaş uçun ularni izolyatsiyalaş kengaytirilişi, xonadonlarda geliokollektor va quyoş paneli örnatişga arzon kreditlar berilişi ma’lum qilingan edi.

















