Amerikadagi Freedom House Xalqaro huquqni muhofaza qiliş nodavlat taşkiloti Freedom on the Net 2018 hisobotini taqdim etdi. 

«Dunyoda internet ozodligi» tadqiqoti internet-foydalanuvçilarning 87 foizi istiqomat qiladigan 65 mamlakatda ötkazildi. Bu tadqiqot 2015 yildan buyon ötkazib kelinmoqda.

Anketa 21ta asosiy va 100ga yaqin qöşimça savollardan iborat bölib, ular internetga kiriş bilan boğliq muammolar, kontentning çeklanişi, foydalanuvçilar huquqlarining buzilişi kabi uçta mezonga taalluqli.

Har bir savol böyiça muayyan ballar beriladi, uşbu ballar qançalik past bölsa, internet şunçalik erkinroq demakdir (0-30 ball – erkin internet, 31-60 ball – qisman erkin, 61-100 ball – erkin emas).

Tadqiqotçilar butun dunyo böylab internet erkinligi çeklanişi kuzatilganini qayd etişgan.

Amalda barçasi bloklangan Xitoy 88 ball bilan reytingda oxirgi örinda joylaşgan.

Internet eng erkin mamlakatlar Islandiya (6 ball), Estoniya (6), Kanada (15), Germaniya (19) va Avstraliya (21) hisoblanadi.

Özbekiston 75 ball bilan «internet erkin bölmagan» mamlakatlar qatoriga kirgan. Şu bilan birgalikda, tahlilçilar oxirgi yilda respublikada bu borada ijobiy özgariş kuzatilganini qayd etişgan.

Qirğiziston 38 ball, Qozoğiston 62, Belarus 64, Rossiya 67 ball olgan.