Toşkent şahar Yunusobod tumanida baxtsiz voqea tufayli uç kişi hayotdan köz yumdi. Dastlabki ma'lumotga köra, ular is gazidan zaharlanişgan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Kun.uz suriştiruviga köra, vafot etganlarning barçasi mavsumiy iş bilan şuğullanuvçi usta bölib, tabiiy gazdan foydalanişdagi ehtiyotsizligi tufayli is gazidan zaharlanişgan. Bu voqea 1 noyabr kuni yuz bergani aytilmoqda. Boş prokuratura Matbuot xizmati uşbu hodisani tasdiqlab, holat yuzasidan rasmiy axborot taqdim etilişini bayon qildi.
Kun.uz muxbiri suhbatlaşgan manbaga köra, havo haroratining keskin sovib ketişi, şaharda isitiş tiziming samarali ta'minlanmagani uşbu holatlarni kelib çiqişga sabab bölmoqda. Xususan, aholi tabiiy gazdan uyni isitiş vositasi sifatida foydalanişga majbur bölyapti.
Eslatib ötamiz, bundan ikki kun avval Çilonzor tumani Dilxuş köçasida istiqomat qiluvçi oilaning tört a'zosi is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgandi. Sudga oid tibbiyot ekspertizasining 31 oktabrdagi xulosasiga köra, A.A., E.A., I.A. va F.A.larning ölimi is gazidan ötkir zaharlaniş, boş miya va öpkalar şişi natijasida kelib çiqqan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi (yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari Toşkent şahar prokuraturasida tuzilgan tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda. Boş prokuratura tomonidan tergov harakatlari ustidan tegişli nazorat örnatilgan.
Vaziyatni çuqur örganiş maqsadida şaxsiy uylarda isitiş peçlari va isitiş tizimlarini tekşiriş va nazorat qiliş böyiça hukumat komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiyaga Özbekiston boş vaziri birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov boşçilik qiladi. Qayd etilişiça, mos ravişda viloyat va tumanlarda ham namunaviy körinişda komissiyalar tuziladi.








