Rossiya poytaxti Moskva şahrida Xalqaro Boks Assotsiatsiyasining 2018 yilgi Kongressi öz işini yakunlaş arafasida. Bugun Radisson Royal mehmonxonasi qoşidagi Congress Park`da AIBA`ning rahbar lavozimlariga saylovlar bölib ötmoqda.
Anjumanni yoritib borayotgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, 137 nafar delegat iştirok etgan ovoz beriş jarayoni natijalariga asosan şu yilning yanvaridan buyon taşkilot prezidenti vazifasini vaqtinça bajaruvçi lavozimida işlab kelgan özbekistonlik Ğofur Rahimov prezident etib saylandi. U Osiyo Boks Konfederatsiyasi prezidenti qozoğistonlik Serik Qönaqbayev bilan raqobatda ustun keldi.
Youtube'da köriş
Mover'da köriş
Saylovda Rahimov 86 ta, Qönaqbayev 48 ta ovoz yiğdi, yana 3 ta byulleten töldirilmagan holda qaytarildi.
67 yoşli Rahimov bugundan öz lavozimiga kirişadi va keyingi 4 yil davomida jahon havaskor boksiga rahbarlik qiladi.
AIBA boş rahbarligi saylovi barobarida vitse-prezidentlar ham aniqlab olindi, unga köra Afrika boks konfederatsiyasiga (AFBC) Marokaş vakili Muhammad Mustahzon, Amerika boks konfederatsiyasiga (AMBC) Argentina vakili Osvaldo Bisbal, Osiyo boks konfederatsiyasiga prezidentligiga (ASBS) BAA vakili Anas Alotayba, Yevropa boks konfederatsiyasiga (EUBC) Italiya vakili Franko Falçinelli, Okeaniya boks konfederatsiyasiga (OCBC) Avstraliya vakili Edgar Tanner prezident etib saylandi.
Qayd etiş joiz, 5 ta konfederatsiyadan 4 tasida kim prezidentlik lavozimini egallaşi oldindan ma'lum edi. Faqat Osiyo Boks Konfederatsiyasiga ikki kişi öz nomzodini ilgari surgan bölsa, qolgan qit'a vakillarida raqobatçi bölmadi. Konfederatsiyalar prezidentlari bir vaqtning özida AIBA vitse-prezidentlari ham sanaladi.
Bugun, şuningdek, Ijroqömning 17 nafar a'zosi saylovi ham bölib ötdi. Saylanganlar orasida Rossiya boks federatsiyasi boş kotibi Umar Kremlev ham bor.
Eslatib ötamiz, Kongressning birinçi iş kunidagi eng asosiy yangilik – taşkilot nizomiga kiritilgan özgartiriş bölgan edi. Unga köra, endilikda taşkilot prezidenti zarur hollarda öz lavozimidan ma'lum vaqtga tanaffus olişi mumkinligi









