Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litsey va kollejlarning bo‘shagan binolari Xalq ta'limi vazirligi tasarrufiga o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 noyabr kuni xalq ta'limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda maktablar binosi, ularning moddiy-texnik bazasi holatiga ham e'tibor qaratildi.
Maktablarda 11 yillik tizimga o‘tilgach, o‘quvchilar soni 1 millionga ortgan. Bugungi kunda 138 ta maktab filiali o‘z binosiga ega emas, 55 ta filialda o‘quvchilar soni me'yoridan yuqori.
Investitsiya dasturi doirasida 35 ta maktabda qurilish-ta'mirlash ishlarini tezroq yakunlash kerak. 5 mingdan ziyod fizika, kimyo va biologiya o‘quv-laboratoriya jihozlari, 43 ming to‘plam o‘quv mebeli zarur.
Prezident belgilangan maktablardagi qurilish-ta'mirlash ishlarini yakunlash, markazlashgan investitsiya mablag‘lari hisobidan ularni jihozlash kerakligini ta'kidladi.
Hududlar talabidan kelib chiqib, litsey va kollejlarning bo‘shagan binosini joriy yil oxiriga qadar Xalq ta'limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazish, 2019 yil 1 yanvargacha joylardagi maktab filiallarini asosiy maktabga aylantirish, maktab avtobuslari bilan tizimli ta'minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026