Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seul shahriga yetib bordi.
Koreya Respublikasi harbiy-havo kuchlarining Seuldagi aviabazasida oliy martabali mehmonlarni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, artilleriya toʻplaridan salyut berildi.
Prezidentni bosh vazir oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chhol hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.




Uch kunlik tashrif doirasida Koreya Respublikasi prezidenti Li Je Myon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar, Milliy Assambleya spikeri Cho Jong Shik, bosh vazir Han Son Suk, Koreyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari hamda ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Bundan tashqari, davlat rahbari Oʻzbekiston – Koreya biznes forumiochilishida nutq soʻzlaydi.
16-sentabr kuni prezident birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ishtirok etadi.
Tashrifning siyosiy va iqtisodiy kun tartibidagi tadbirlar bilan bir vaqtda Koreya poytaxti va boshqa shaharlarida Oʻzbekiston madaniyati kunlari oʻtkaziladi.














