Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyaçisi Luiş Figu futbol tarixidagi eng yaxşi hujumçilardan bölgan Kriştianu Ronaldu va braziliyalik sobiq futbolçi Ronaldoning öyinini taqqosladi. 

“Kriştianu juda köp gol urişga qodir. Ikkala hujumçi ham yaxşi taassurot qoldiradi. Ular köp gol kafolatlaydilar. Yagona qilinadigan iş – ularga pas yetkazib berişdir. Qolgan barçasini özlari uddalaydilar. Biroq Ronaldo jarima maydonçasida yaxşiroq öynagan, deb hisoblayman”, deb aytgan Figu va ikki futbolçidan braziliyalikni tanlagan bölişini qöşimça qilgan.

Figu öz vaqtida ikkala futbolçi bilan ham birga töp surgan. U “Real”da Ronaldo bilan, terma jamoada esa Ronaldu bilan birga öynagan.

Ronaldo ham, Ronaldu ham Madridning “Real”ida töp surgan. Braziliyalik “qaymoqranglilar” bilan Ispaniya çempioni bölgan, Braziliya terma jamoasi safida esa 1994 va 2002 yillarda jahon çempionatini yutgan. 

Portugaliyalik “Real”da 2009 yildan boşlab töp surgan va klubning eng yaxşi töpurariga aylangan. U klub tarkibida Çempionlar ligasini 4 marta yutişga muvaffaq bölgan.