Eron banklari SWIFT xalqaro tölov tizimi yordamida xalqaro operatsiyalarni amalga oşiriş imkonidan mahrum qilindi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Endi tizimdan uzilgan banklar xalqaro tölov operatsiyalarini amalga oşira olmaydi. Şuningdek, köplab davlatlarda SWIFT formatida amalga oşiriladigan içki operatsiyalarni ötkaziş bilan ham muammolar vujudga kelişi mumkin.

SWIFT’da ta'kidlanişiça, uşbu qaror xalqaro bank tizimida barqarorlikni saqlab qoliş uçun qabul qilingan. Banklar tizimdan aynan qanday uzib qöyilgani ma'lum qilinmagan.

5 noyabrdan AQŞning Eronga qarşi yangi sanksiyalari kuçga kirdi.