Yaponiya taşqi işlar vazirligi AQŞda bölib ötgan oraliq saylovlar natijasini prezident Donald Trampga berilgan zarba deb hisoblaydi va bu uning kelgusidagi siyosatiga ta'sir qilişi mumkin. Bu haqda vazirlik vakili ma'lum qildi, deb xabar berdi NHK.

"Vakillar palatasida örin yöqotiş prezident Trampga berilgan zarba ekanligiga şubha yöq. Ammo u oxir-oqibat öz siyosatida proteksionizm yönalişini davom ettiradimi yoki aksinça, me'yoriy yönalişni tanlaydimi, hozirça aytiş qiyin. Har qanday holatda ham bu Yaponiya-Amerika munosabatlariga ta'sir körsatmaydi", dedi u.

Seşanba kuni AQŞda oraliq saylovlar bölib ötdi. Mamlakatda 100 senatordan 35 nafari , kongress vakillar palatasining barça 435 a'zosi, 39 nafar ştatlar gubernatorlari hamda 6703 nafar ştatlar qonunçilik yiğinlari, sudyalar va maktab okruglari kengaşlari a'zolari qayta saylandi.

Amerika OAVning taxminlariga köra, oraliq saylovlar yakunlariga köra, demokratlar partiyasi kongress vakillar palatasida köproq öringa ega böladi, respublikaçilar partiyasi esa senat ustidan nazoratni saqlab qoladi va mustahkamlaydi. AQŞ prezidenti Donald Tramp ovoz beriş natijalarini "öta muvaffaqiyatli" deb baholadi.