«Dusel electrical» kompaniyasi 2013 yildan boshlab «Dusel» brendi ostida bozor talablari va aholi ehtiyojlarini inobatga olgan holda yuqori sifatli va hamyonbop elektr jihozlarini ishlab chiqarib kelmoqda. 

«Dusel electrical» kompaniyasi tadbirkorlar uchun aksiya e'lon qiladi. Bizning rozetka yoki uzib ulagichlarimizdan 500 donadan ortiq sotib olgan mijozlarimiz o‘rtasida «Spark» avtomobili va yana ko‘plab yutuqlar o‘ynaladi. Mahsulotlarimizni sotib oling va yutuqlar sohibiga aylaning.

Foto: Dusel electrical

Bizning mahsulot O‘zbekiston bozorida o‘zining sifati, hamyonbopligi va chidamliligi bilan peshqadamlar orasida o‘zining munosib o‘rnini egalladi va ko‘p sonli mijozlarning ishonchini qozondi. 

Foto: Dusel electrical

LED lampalarimiz va panellarimiz o‘zining energiya samaradorligi, yorug‘lik quvvati, raqobatbardoshligi va past kuchlanishda ham ishlay olishi bilan xaridorlar e'tiborini jalb etdi. 

Foto: Dusel electrical

Har bir lampochka belgilangan quvvat darajasida ishlay oladi, ya'ni sifatsiz lampochkalar singari 15W li lampochka 12W bo‘lib ishlamaydi. 

LED lampochkamizning yorug‘ligi yoritish tizimidagi svetodiodlarning ko‘pligi, ya'ni belgilangan quvvatga mos ishlab chiqarilganligi bilan izohlanadi. Shu tufayli LED lampochka va panellarimiz juda ham yaxshi yoritadi.

Mana shu sabablar tufayli biz mahsulotlarimizga 2 yil kafolat beramiz.

Foto: Dusel electrical

Bizning rozetka, vklyuchatellarimiz bozorda o‘z o‘rniga ega, talabgir mahsulotlar sirasiga kiradi. Rozetka, vklyuchatel va boshqa aksessuarlarni ishlab chiqarishda yuqori sifatli polimer xomashyosi va sof mis ehtiyot qismlaridan foydalanamiz.