Xitoyning Venşan şahri rahbariyati it egalariga itlarini kunduzi sayr qildirişni taqiqladi. Endi it bilan köçaga keçki soat 10dan ertalabki soat 7 gaça çiqiş mumkin böladi. Bu haqda South China Morning Post naşri xabar berdi.
Bundan taşqari, şahar rahbariyati itning tasmasi bir metrdan oşmasligi va uni faqatgina kattalar sayr qildira olişi haqida qaror çiqargan. Şaharning hayvonlar soğliği böyiça inspektorining aytişiça, taqiqlov itlarning odamlarga köplab hujumlari sonini kamaytiradi va quturişning tarqalişiga qarşi kuraşda yordam beradi.
Venşan rahbariyatidagi bir manbaning ma'lum qilişiça, yangi qoidalar şaharliklarning köplab murojaatlariga köra joriy qilingan. Uning aytişiça, aholi bilan işlaş departamenti har kuni tajovuzkor itlardan şikoyat qilingan bir neça qönğiroq olgan. Biroq taqiqlov kiritilgandan keyin şikoyatlar soni kamaygan.
Yangi qoidalarga köra, itni belgilanmagan vaqtda köçaga olib çiqiş uçun jarima solinmaydi, balki qoidabuzarlar bilan tuşuntiriş işlari olib boriladi.
Xitoydagi qonunlarga köra, itlar egalari itlarini emlatişlari va har yili maxsus litsenziyaga haq tölaşlari kerak. Itning ölçamiga köra litsenziya narxi 2000 yuangaça (290 dollar) turadi.












