Parij Didro universiteti astrofiziklari sayyoramiz va sayyoralar yadrolari massasini ölçaşning yangi usulini qöllaşdi. Buning uçun tadqiqotçilar sayyoramizga koinotdan betöxtov hujum qiluvçi kosmik zarralar – neytrinoni qöllaşga qaror qilişgan.
Olimlar sayyoramizni kosmik nurlar bilan skanerlaş natijasida Yerning töliq massasi 5,972Ye24 kilogrammni, ya'ni 5 972 000 000 000 000 000 000 (5972 sekstillion) tonnani taşkil qilişi haqidagi xulosaga kelişdi.
Endi olimlar uşbu usulni boşqa samo jismlarining körsatkiçlarini örganiş uçun qöllaşmoqçi. Navbatdagi tajribada olimlar Yerning yadrosi ölçamlarini aniqlaşmoqçi. Ayni vaqtda yadroning oğirligi 1,932•1024 kgni taşkil qiladi, biroq yadroning aniq geologik va kimyoviy xossalari fanga ma'lum emas.
Ta'kidlanişiça, sayyoramiz massasi har yil oşib boradi. Bunga esa har yili Yer sirtini 30 ming tonna miqdorda qoplovçi koinot çangi sababdir.












