Niderlandiyada joylaşgan Nukusdagi muzey döstlari xayriya jamğarmasi (Friends of Nucus Museum, FoNM) 2018 yil oxirida tarqatib yuboriladi. Bu haqda jurnalistlarga uning raisi Devid Pirs xabar berdi.

Mazkur Nukusdagi I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoğiston Respublikasi san'at muzeyiga moddiy yordam, kitoblar va uskunalar yetkazib, yordam qölini çözib kelgan. Jamğarmaning tarqatib yuborilişiga sabab sifatida Pirs sönggi uç yilda muzeyga berilgan xayriya sovğalari, jumladan, audiouskunalar va kitoblarning ğoyib bölganligini keltirgan.

«Bizga ma'lum bölişiça, ular yo musodara etilgan yoki öğirlab ketilgan», – degan Pirs. Nukusdagi Savitskiy muzeyi rahbariyati (2017 yil fevralidan muzeyga Gulbahor Izentayeva direktorlik qilib kelmoqda) vaziyatni izohlaşdan boş tortdi.

Muzeyga 1966 yilda asos solingan va keyinçalik arxeolog, etnograf hamda rassom Igor Savitskiy (1915 – 1984) nomi berilgan. U 1950 yilda Moskvadan Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi safida Qoraqalpoğistonga keladi va Nukusda qolib, kolleksionerlik bilan şuğullana boşlaydi.

Arxeologiya yodgorliklarini kolleksiya qiliş barobarida u 1920–1930-yillarning avangard va postavangard san'atini töplay boşlaydi. Nukusdagi bu davr rangtasvir va grafika asarlari töplami öz hajmi va ahamiyati jihatidan Davlat Rus muzeyi töplamidan söng jahonda ikkinçisi hisoblanadi.