Ukraina boş prokuraturasi Özbekiston hukumati ekstraditsiya qilişni talab etgan özbek jurnalisti Narzullo Oxunjonovni Özbekistonga topşirişni rad qildi. Bu haqda Amnesty International taşkilotining Ukrainadagi vakolatxonasi ijroçi direktori Oksana Pokalçuk özining Facebook sahifasida ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, Oxunjonov ozodlikka çiqarilgan va rasman qoçoq maqomini olgan.

Özbekiston hukumatini tanqid qilgan jurnalist 2013 yilda mamlakatni tark etgandi. U Ukrainadan siyosiy boşpana söraganidan söng Turkiyadan Kiyevga oilasi bilan uçib kelganida, 2017 yil 25 sentabrda hibsga olingandi.

Sud qarorida Oxunjonovning hibsga olinişiga uning Özbekiston tomonidan xalqaro qidiruvga berilgani asos bölganligi aytilgandi.