2000 yil arafasi. Yangi eraga ilk qadamlar qöyilayotgan payt. Dunyoda iqtisodiyoti eng baquvvat davlatlarning önligiga yangi öyinçi – Xitoy ham qöşildi. Hatto şu holat ham buyuk davlatlar tomonidan Çin yurtiga jiddiy qaraşga asos bölmadi. Ammo keyingi 10-15 yilda hammasi özgarib ketdi. Xitoy önlik a'zolarini birin-ketin ortda qoldirib, ikkinçi öringa mustahkam örnaşib oldi va endi faqat AQŞdan ortda qolmoqda. Köpçilik mutaxassislarning fikriça, birinçilik ham köp kuttirmaydi.

Xitoy buyuk tarixga ega. Ehromlari bilan maşhur Misrning gullab yaşnagan paytida ham Xitoy bor edi, Rim, turk imperiyalari davrida ham, sovetlar ittifoqi qudratga kirganda ham Xitoy bölgan. Ammo köhna tarix bilan milliarddan ortiq aholini boqib bölmaydi. Ötgan asrning yarmiga kelib dunyo iqtisodiyoti tiklanayotgan paytda Xitoy avval Yapon imperiyasi zulmidan ezildi, keyin tuzumlar almaşib, döst köringan ittifoq bilan yovlaşib kördi. Kommunizm quloç yozişi, siyosatda katta özgarişlarga qaramay iqtisod öta noçor edi. Yangi tuzum «katta sakraş» siyosatini olib borayotgan, osmondagi yulduzlarni közlayotgan 1959-1961 yillarning özida hosildorlik 30 foizga pasaydi, oçlikdan halok bölganlar soni turli ma'lumotlarga köra 20-35 million kişidan ortdi.

Foto: RIA Novosti

Şunga qaramay mamlakat boşqaruvida bölgan Mao Tszedunning hokimiyatiga putur yetmadi, aksinça u keyinçalik, hatto hozirgi kunga kelib ham zamonaviy Xitoyning asosçisi, aqlli dohiy sifatida uluğlanişda davom etdi. Bugungi kunda Xitoy rahbariyati Maoning siyosatini 70 foiz töğri, 30 foiz öşa davrdagi vaziyatdan kelib çiqqan xatolar deya hisoblaydi va uning şaxsiyatiga nisbatan qoralaşlarning oldini oladi.

Xullas, Xitoy uzoq yillarni faqat oçlikni yengişgagina sarfladi va ulkan aholisiga qaramay heç kim bu davlatni öziga jiddiy raqib sifatida körmadi. Ammo sönggi 40 yilda barçasi özgarib ketdi – umumiqtisodiy körsatkiçlar böyiça Xitoy Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va ikkinçilikning mutlaq egasi sifatida qaraladigan Yaponiyani ham ortda qoldirib ketdi. Nafaqat davlat boyidi, balki 700 million odam qaşşoqlikdan qutqarildi. Xitoy 1990-yillardagi Osiyodagi inqiroz, 2007 yildagi jahon moliyaviy inqirozidan ham aytarli zararlarsiz çiqdi va deyarli 20 yil davomida 7-12 foizlik ösişni qayd etib bordi. Heç bir yirik davlat qisqa muddatda bunday körsatkiçlarga erişa olmagan.

Xöş, bu mö'jizaning siri nimada?

1. Xitoyliklar

Foto: Vedomosti

Uzoq yillar Xitoy ulkan aholi resurslari ortidan arzon işçi kuçi manbai bölib keldi. Haligaça köpçilikning fikriça xitoylik heç bölmasa örta ma'lumotga ega bölmagan, arzimagan pulga qanoat qilib işlayveradigan, özi taşabbus körsatmay buyurilgan işni quloq qoqmay bajaradigan işçi hisoblanadi. Lekin bugungi kunda aslo unday emas. Hozir xitoylik işçining bahosi juda köpçilik davlatlardagi işçilardan yuqori. U zamonaviy texnologiyalarni yaxşi tuşunadi, har qanday işni tez örganadi, injiq emas va eng muhimi nihoyatda mehnatkaş. Köpçilik xitoyliklar tongda soat 5:00da uyğonib, yarim tunga qadar işlaşni odatiy hol sifatida qaraşadi.

2. Partiya va xalq hamjihat

Foto: Jason Lee / Reuters

Xitoyda kommunistik partiya hukmron. Bu yerda mantiq buzilgandek – axir kommunizm ğoyasi zamonaviy dunyoda yaşab qolişga qodir emas, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga zid mafkura tuyiladi. Ammo Xitoyda buning ham uddasidan çiqişgan. Kompartiya har qanday sohani nazorat qilgani holda erkin bozor tizimiga keng yöl oçib bergan. Bu holat «Xitoydagi öziga xos sotsializm» deb ataladi va dunyoning biror davlatida uçramaydi. Sababi öz vaqtida sotsializm öçoği bölgan ittifoq, Kuba kabi davlatlar siyosiy tizimni özgartirmagan holda iqtisodiyotni yangi yösinda rivojlantirişga harakat qilişgan. Ammo iqtisod ham, siyosat ham barbod bölgan.

Hozirgi kunda Xitoy rahbariyatining bir xil yönalişda davom etişi, ortiqça va tuşunarsiz saylovlarsiz hukumat almaşinuvi xorijiy investorlarni çöçitmaydi, aksinça ularni jalb qiladi. Çunki har qanday investor öz mablaği taqdirini öylaydi. Xitoydagi siyosiy barqarorlik uning saqlanişini kafolatlaydi.

3. Korrupsiyaga qarşi murosasizlik

Foto: Komsomolskaya pravda

Rivojlangani sari Xitoy nihoyatda jiddiy muammo bilan kuraşişiga duç keldi. Albatta, korrupsiya Xitoyda hamişa bölgan, bor va katta ehtimol bilan bundan keyin ham böladi. Ammo boylik miqdori ortgani sari uning kölami keskin ortib ketdi. Keçagi xalq xizmatiga boş eggan kattayu-kiçik rahbarlar tuppa-tuzuk poraxörga aylana borişdi. Xitoy hukumati bunga qarşi oddiy va samarali çorani qölladi – odatda otuv şaklidagi şafqatsiz jazo. Ön minglab yuqori darajadagi amaldorlarning boşiga öq joylangan, yuz minglabi umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan bölsa-da, bu uslubdan voz keçilmadi. Hozir ham Xitoy qatlni eng köp amalga oşiruvçi davlatlardan biri hisoblanadi.

4. Bozor evaziga texnologiya

Xitoyning 1,5 milliarddan ortiq aholisi har qanday işlab çiqaruvçi-yu xizmat körsatuvçini ohanraboday tortmay qolmaydi. Ammo çek-çegarasi yöq bu bozor imkoniyatlaridan foydalanişning qat'iy şartlari bor. Yirik korporatsiyalar Xitoy bozoriga kiriş uçun işlab çiqarişning heç bölmasa bir qismini şu davlatga köçirişi va öz texnologik sirlari bilan bölişişlari şart. Aks holda eşiklar yopiladi. Dastlab majburlikdan bu şartlarga rozi bölganlar hozir öz ixtiyorlari bilan işlab çiqarişlarini köçirmoqdalar. Masalan, Apple korporatsiyasi işlab çiqarişni deyarli töliq Xitoyga köçirgan, asosiy texnologiyalari ham şu davlatda qöllaniladi. Hozirda Xitoyda 70dan ortiq yirik iqtisodiy-texnologik hududlar faoliyat yuritadi.

Bu holatni quyidagi misol bilan tuşuntiriş mumkin. Apple faoliyati bilan tanişayotgan AQŞ prezidenti Barak Obama hamda kompaniya rahbari Stiv Jobs örtasida şunday suhbat bölib ötgan (mazmunan yozilmoqda):

– Nega işlab çiqarişni AQŞga qaytarmaysizlar? Axir biz ham Xitoy hukumati taklif qilayotgan imtiyozlarni berişga tayyormiz-ku.

– Janob prezident, gap faqat arzon işçi kuçida emas. Mahsulotlarimizning köplab qismlarini biz Xitoyning özidan xarid qilamiz. Ularni taşib keltiriş qimmatga tuşadi. Xitoyda butun bir şaharlar biz kabi kompaniyalarning işlab çiqarişiga moslaşgan. Masalan Şençjen şahridagi Foxconn zavodida milliondan ortiq xitoylik işçilar işlaşadi va ularning çorak qismi faqat iPhone yiğiş bilan şuğullanadi. Ular sutkasiga 12-14 soat işlaşga tayyorlar.

Bu hali hammasi emas. Işlab çiqariş hajmi keskin oşgan paytlarda biz ikki-uç hafta içida 2-3 ming nafar muhandis, 10-15 ming nafar işçini işga qabul qilişimiz zarur, yöqsa buyurtmalarga ulgurmaymiz. Xitoyda bu muammo tuğdirmaydi. Ammo hozirça AQŞning biror şahri işçi yetkaziş hajmi böyiça bunday salohiyatga ega emas.

5. Arzon yuan

Köpçilik davlatlarda milliy valyuta qadri uçun kuraşilsa, Xitoy öz yuani qadri oşib ketmasligi uçun barça çoralarni köradi. Çunki aynan mana şu uslub eksportni qöllab-quvvatlaşda katta rol öynaydi. Özaro savdo qiluvçi davlatlar Xitoyning bu çorasidan şikoyat qilişsa-da, bu siyosat özgartirilmaydi.

6. Made in China

Foto: Nikkei Asian Review

Xitoy xomaşyo xarid qilib, tayyor mahsulot işlab çiqarişga eng kuçli ixtisoslaşgan davlat.

Şu örinda bir latifa yodga tuşadi:

– Dunyoda eng köp yoziladigan uç sözli jumlani ayt-çi?

– «Men seni sevaman».

– Adaşding. Made in China!

Hozir Xitoy işlab çiqarmayotgan biror mahsulot yöq. Hatto özida işlab çiqarilgan fazoviy raketani uçirişga ham ulgurdi. Hanuzgaça köpçilik Xitoy mahsulotini sifatsiz deb qaraydi. Bu mutlaqo notöğri. Çin davlati işlab çiqaruvçilari har qanday çöntakka mos mahsulot işlab çiqaradilar. Rivojlanayotgan davlatlar esa eng arzonini olib kirib sotişga harakat qiladilar va tabiiyki şunday fikr şakllanadi. Sifatli mahsulotlar ham juda köp, faqat köproq tölaş kerak.

Keçagina qöl mehnati bilan oçlikdan qutulgan, boşqa davlatlarning texnologiyalari yordamida işlab çiqarişini yölga qöygan Xitoyning özi bugun butun dunyoga yuqori texnologiyalar sotmoqda.

7. Iste'molçilar ummoni

Oçlik va qaşşoqlikni unutgan yuzlab million xitoyliklar bugun katta iste'molçilarga aylanişgan. Hozir Xitoy qimmatbaho mahsulotlarning eng yirik bozori nomini AQŞ bilan talaşmoqda. Içki bozorning yildan-yilga kengayib borişi ham Xitoy iqtisodiyotining rivojlanişiga kömak bölmoqda.

Qiziq fakt: 2017 yil yakunidagi ma'lumotlarga köra Xitoyda boyligi 1,5 million dollardan ortgan 1,5 million nafardan ortiq millioner va 1000 nafarga yaqin milliarder mavjud. Ularning umumiy boyligi 25 trillion AQŞ dollaridan oşiq.

Xitoy iqtisodiyotining sönggi yillarda ösib borişi va boşqa davlatlarni ortda qoldirişi quyidagi videolavhada aniq va tuşunarli tasvirlangan:

Abror Zohidov