Boks böyiça sobiq jahon çempioni amerikalik Floyd Meyvezer va yaponiyalik kikboksçi Tensin Natsukavaning körgazmali jangi boks qoidalariga muvofiq ötkaziladi.

Jang 31 dekabr kuni, Yaponiya poytaxti Tokio yaqinida bölib ötadi. Bellaşuv boks qoidalari böyiça, 66,7 kilogrammgaça vazn toifasida ötkaziladi. 20 yoşli yaponiyalik sportçining vazni 55 kilogrammni taşkil qiladi.

Sportçilarning professional röyxatiga kiritilmaydigan jang hakamlarsiz uç daqiqadan uç raund davom etadi. Har ikkala jangçining qölida sakkiz untsiyali qölqop böladi, bu Meyvezerning Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) jangçisi Konor Makgregor bilan bahsida ham kuzatilgandi.

Floyd Meyvezer 50ta jangning barçasida ğalabaga erişgan. Natsukava 28ta bahsda zafar quçgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedov Meyvezer bilan qayerda jang ötkazişi mumkinligi aytilgandi.