Vazirlar Mahkamasining Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi vazifasini bajarişni vaqtinça yuklaş töğrisidagi qarori qabul qilindi.

Unga köra, Abdulaziz Örolboyeviç Aqqulov Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi böldi.

Abdulaziz Aqqulov şu yilning 22 may kuni Turizm qömitasi raisiga örinbosar etib tayinlangandi. 

U 2005 yili Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, 2007 yilda şu universitetda magistr darajasini olgan. Mutaxassisligi — xalqaro turizm böyiça boşqaruvçi. U 2006 yildan buyon qömitada faoliyat yurita boşlagan.

2017 yilning yanvaridan 2018 yil mayigaça Turizm sohasini rivojlantirişni tahlil qiliş va muvofiqlaştiriş boş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.

Eslatib ötamiz, oktabr oyi oxirida Baxtiyor Nurutdinoviç Umarov Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisligidan ketgandi. U şu yilning may oyida lavozimga tayinlangandi.