Ma’lum bölişiça, xorijiy davlat fuqarolarining Özbekistonga kelib, gidlik faoliyatini amalga oşirişi endi qonunan taqiqlanadi. Bu böyiça hukumat qarori loyihasi şakllantirilgan. Hujjat bilan gidlik faoliyati tartibga solinadi. Audio va elektron gid xizmatlari masalasi ham kun tartibida.
Turizm yönalişida közga körinmaydigan muammolardan yana biri – gidlar faoliyati. Yurtimizga sayyohlar asosan tariximiz hamda madaniy yodgorliklarimizni yaqindan köriş maqsadida taşrif buyuradi. Ularga gidlarning yordami kerak bölişi tayin. Biroq bugungi gidlarning orasida malakasiz, noprofessional va özidan qöşib hikoya töqiydiganlari ham yöq emas. Buning ortidan esa tarixiy faktlarning aniqligi, çinligi söroq ostida qolmoqda.
15 may kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Kun.uz Turizm qömitasi rasmiylaridan ayni mavzuda izoh söradi. Ma’lum bölişiça, qömita hukumat bilan gidlik faoliyatini tartibga soluvçi qaror ustida işlamoqda.
“Bu oğriqli mavzu, hukumat qarori loyihasi turibdi. Barça vazirlik va idoralar bilan kelişilgan. Gidlar yetişmovçiligi sabab köp xorijlik sayyohlar guruhlari özlarining gidlari bilan kelişmoqda. Ammo ular obekt haqida nimani öqigan bölsa, şuni gapiradi. Şuning uçun biz qadriyatlarimiz va tariximiz jamlangan 209 ta obektni jamladik, endi ular uçun yagona matn işlab çiqilyapti. Ya’ni ularning boşqaça talqini bölişi mumkin emas”, - deydi qömita raisi.
Aqqulovning qöşimça qilişiça, hozir 4500 nafar gid-ekskursavod bor. Bu juda ham kam hisoblanadi va ularning soni hamda sifatini köpaytiriş masalasi xususiy öquv markazlariga ham gid tayyorlaş huquqini beriş bilan töldirilmoqda. Biroq tadbirkorlar gidlarning saviyasidan norozi bölmoqda. Şundan kelib çiqib, qömita universitetdanoq gidlik sertifikati bilan kadrlarni tayyorlamoqçi.
“Yiliga yettita yönalişda, 3-4 yillik oliy öquv yurtlarida öqiyotgan talabalarga xuddi avvalgi avtomobil yöllari universitetlarida harbiy bilet berilgani kabi gidlik sertifikati beramiz. Bu bilan yiliga 7500 nafargaça gidni tayyorlaymiz. Şunda yetişmovçilik oldi olinadi va xorijiy davlat fuqarolarining Özbekistonga kelib, ekskursiya xizmatlarini körsatişi qonun bioan taqiqlanadi”, deydi Abdulaziz Aqqulov.










