OAV vakillari bilan matbuot anjumanida Kun.uz qömitadan qurilişi töxtab qolgan Buxoro turizm markazi haqida söradi. Rais Abdulaziz Aqqulovga köra, hududda ikkita mehmonxona barpo qilinişi rejalangan. Biroq bu obektlar YuNESKO röyxati hamda bufer zonaga kirmaydi. Loyihaning egalaridan sörab biliş kerak, deydi u.

Madaniy meros agentligi yaqinda bölib ötgan oçiq muloqotda Buxoro turizm markazi haqidagi savolni javobsiz qoldirgan edi.

Turizm qömitasining OAV vakillari bilan matbuot anjumanida Kun.uz bu masalani yana bir bor kötardi. Qömita raisining javob berişiça, loyihaning kelajagi noaniq emas va uni loyihaga mas’ullarning özidan söraş kerak böladi. Mening bilganim - ikkita mehmonxona qurilişi belgilangan edi, deydi Abdulaziz Aqqulov.

- Bugun öşa hudud buzilgan, yarim-çala buzilgan, atrofi bannerlar bilan öralgan va şu holatda turibdi. Buxoro quruq, har kuni çang kötariladi. Nima bölarkan, degan savol aktual. Xöş, mana şu Buxoro turistik markazi nima böladi özi?

”Menimça, bunga ham sizga biz qöşimça javob beramiz. Uşbu loyiha doirasida qurilişi kerak bölgan mehmonxona kompleksi bor. U bufer zonasiga ham, himoya zonasiga ham kirmaydi. Bizning xabardor bölgan qismimiz, ikkita mehmonxona işga tuşişi kerak, u himoya zonasida ham, bufer zonada ham emas. Men mas’ul bölgan yönaliş ma’nosida aytyapman. Lekin içki kompleksda bölişi kerak bölgan yoki qandaydir jarayonlar haqida menda ma’lumot yöq”, - deydi Turizm qömitasi raisi.

U sözini davom ettirarkan, loyihaning kelajagi noaniq emas, faqat uning öz egalari bor, deya qöşimça qildi.

Eslatib ötamiz, Buxoroda buziş işlari davom etayotgan bir onda Markaziy Osiyodagi madaniy meros obektlarini himoya qiluvçi taşkilotlar jarayondan xavotirini bildirib, qurilişni töxtatişni taklif qildi.

Hozir “Boqiy Buxoro” etnografik sayyohlik markazi uçun tanlangan hudud buzilganidan keyin böşligiça qolmoqda, atroflari örab olingan. Mahalliy aholiga köra, içkarida unga tutaş boşqa binolarni ham buziş-buzmaslik masalalari muhokamada bölişi mumkin.

24 aprel kuni Madaniy meros agentligi oçiq muloqot ötkazarkan, Kun.uz aynan Buxoro böyiça rasmiylardan aniq izoh söragandi. Loyiha töxtab qoldi, buzilişidan avval reja puxta qilinmagan edimi?