Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğlu Laosga taşrifi vaqtida Turkiyaning bu davlatdagi elçixonasi oçilişi marosimida iştirok etdi.   

Çovuşöğlu Laos poytaxti Ventyandagi elçixonaning oçilişi marosimida u Laosga taşrif buyurgan Turkiyaning birinçi taşqi işlar vaziri bölganini aytgan. U Laosda elçixona oçilişi bilan Turkiya Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari taşkiloti ASEAN’ga a'zo barça davlatlar bilan diplomatik missiyalarga ega bölganini qöşimça qilgan. 

Çovuşöğluning aytişiça, Turkiyaning butun dunyodagi diplomatik vakolatxonalari soni 240 taga yetdi va u bu körsatkiç böyiça dunyoda 5-örinni egallaydi. Uning ta'kidlaşiça, Turkiya  ikki yil içida bu sonni 269 taga yetkazmoqçi. “Afrikaning özida 41 ta elçixonamiz bor. Biz ikki yil içida Afrikaning 54 ta davlatida 50 ta diplomatik vakolatxonamiz bölişini istaymiz”, deb ta'kidlab ötgan Turkiya taşqi işlar vaziri.     

Öz navbatida, Laos taşqi işlar vaziri Salemsay Kommasit elçixonaning oçilişidan mamnuniyat bildirgan va ikki davlat örtasidagi munosabatlar va hamkorlikning mustahkamlanişiga tilak bildirgan.