Amazon asosçisi va dunyoning eng badavlat odami Jyeff Bezos AQŞ kongressiga oraliq saylovlardan keyin AQŞ fond birjasidagi savdoda eng köp pul topgan odamga aylandi.
Amazon aksiyalari narxi 7 foizga qimmatlaşgaç, Bezosning boyligi bir kunda 8,9 mlrd dollarga köpaydi. Forbes Real Time reytingiga köra, ayni vaqtda milliarderning boyligi 144,7 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. U dunyoning eng boy odami bölib qolmoqda. Uning ortidan Bill Geyts (97,1 mlrd dollar) va Uorren Baffet (90,9 mlrd dollar) kelmoqda.
7 noyabrda saylovlarning dastlabki natijalari e'lon qilingaç, barça moliyaviy indekslar yuqorilagan. Mavhumlikni yoqtirmaydigan sarmoyaçilar Dow Jones sanoat indeksini 500 punktdan köproqqa kötarişgan.
Amazon’ning 16 foiz aksiyasiga ega bölgan Bezosning boyligi miqdori tez-tez özgarib turibdi. Oktyabrda uning boyligi ikki kun içida 19 mlrd dollarga kamayib ketgan. Biroq umuman olganda, 2017 yilda milliarderning boyligi faqat köpaygandi. Bezosning boyligi qisqa vaqt içida deyarli 2 karra köpaygan, vaholanki ötgan yil u 80 mlrd dollarni taşkil qilgan.












