Kun.uz tahririyatiga fuqarolar tomonidan elektr energiya narxini tölaş jarayonida yuzaga kelgan muammo böyiça murojaatlar kelib tuşdi. 

Unda bank kassalarida elektr energiyasining tölovi 250 söm tarifga asosan qabul qilinayotgani aytilgan edi. Misol uçun, 7 noyabr kuni olingan kvitansiyada elektr energiyasi tarifini 250 söm ekanini köriş mumkin. Vaholanki, ayni paytda uning narxi 228,60 sömga teng. 

Hukumat qaroriga asosan, 2018 yil 16 noyabrdan boşlab maişiy iste'molçilar uçun elektr energiyasi narxi 250 söm qilib belgilangan.

Bu muammo böyiça Xorazm viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasining axborot texnologiyalari bölimi boşliği Doniyor Aşirov bilan uçraşib, suhbatlaşdik.

U bizga quyidagi ma'lumotlarni yetkazdi.

«Darhaqiqat 2-3 kun oldin bank tölov kassalarida şunday muammo yuzaga kelganidan xabar topdik. Unda elektr energiyasi tarifi 250 söm qilib belgilanganini köriş mumkin. Barça banklarning kassa dasturi «Elektr energiyasi hisobini yuritiş dasturi»ga ulangan bölib, tariflar miqdori haqidagi ma'lumotni bizdan oladi.

Gap şundaki, dasturçilarimiz yangi narxni tizimga kiritişga xatoga yöl qöygan va 16 noyabr kunidan emas, undan ertaroq 250 söm qilib belgilab yuborişgan. Banklar va tölov tizimlari bizning dasturimizga ulangani sababli, kvitansiyalarda şu narx körsatilib ketgan. Bu muammo aniqlangani zahoti Respublika miqyosida uni bartaraf qiliş çoralari körildi. Ayni paytda dasturdagi narx avvalgi körinişiga, 228,60 sömga qaytarildi.

250 sömdan hisoblangan tölovlar avtomatik tarzda 228,60 sömdan qayta hisoblandi va xatolik töğrilandi. Bunda iste'molçilarning xavotir olişiga heç qanday örin yöq. Dastur barça hisob-kitoblarni avtomatik tarzda töğirladi», - dedi Aşirov.

Bank tölov kassalarida bu muammoni tekşirganimizda kvitansiyalarda tarif darhaqiqat 228,60 söm ekaniga guvoh böldik.  

Nurmuhammad Said