Muvaffaqiyatli tadbirkorlarning öz işini taşkil etmoqçi bölganlarga iştiyoq beradigan tavsiyalari.

Foto: Pixabay

1. Harakatlaringizni rejalaştiring

Muvaffaqiyatli startap yaratiş uçun aniq maqsadga ega böliş lozim. Biroq bu eng muhimi emas. Maqsadga erişişning qadam-baqadam rejasi bundan-da muhim sanaladi.

Faol harakatlarga kirişişdan avval strategiya işlab çiqing. Biznes-rejani tayyorlaş ehtimoldagi xatolarga yöl qöymaslik va istalgan natijalarga erişiş imkonini beradi.

“Köp yillar avval kimdir daraxt ekkani uçun bugun özgalar soyada ötiribdi”.

Uorren Baffet, tadbirkor, dunyodagi yirik sarmoyador

2. Biznesingizni reklama qiling

Agar mahsulot va xizmatingizning afzallik jihatlari haqida gapirmasangiz, u haqida heç kim tasavvurga ega bölmaydi. Bugun öz-özini reklama qiliş uçun ijtimoiy tarmoqlar a'lo darajadagi vosita sanaladi. U yerda sizni köplab istiqboldagi mijozlar tanişadi.

Foto: Pixabay

3. Mijozlar manfaatini hisobga oling

Har qanday startapning birlamçi vazifasi – mijozlar ehtiyojlarini qondiriş. Mijozlar bilan yaxşi munosabatlar – muvaffaqiyatli biznes kaliti.

“Biznesning maqsadi – mijoz yaratiş va uni uşlab qoliş”.

Piter Druker, iqtisodçi, menejment nazariyotçisi, yozuvçi

4. Tavakkaldan çöçimang

Aks holda odatiy çegaralardan çiqa olmaysiz. Dastlab köplab tavakkal qadamlar taşlaşga töğri keladi. Oldingizda murakkab tanlov böladi. Biroq xatolar qilişdan çöçimang. Çekinmang va olğa harakat qilişda davom eting.