AQŞning Florida ştatidagi Mayami-Deyd okrugida rekord ölçamdagi qora yölbars böğma iloni öldirildi.  

Ilonning uzunligi 5,3 metrni, oğirligi 54 kgni taşkil qilgan. Ta'kidlanişiça, Janubiy Floridada bunday katta ölçamdagi ilon hali tutilmagandi. Böğma ilonlarni qiriş dasturi mavjud bölgan vaqtdan beri ovçilar uzunligi 5,18 metrdan kattaroq bölgan uçtagina pitonni öldira olişgan.

Böğma ilonni Xomsted şahridan bölgan Kayl Penniston öldirgan. Ta'kidlanişiça, u ilonni bir özi eplay olgan. Bu ovçining hisobidagi 235 ilon bölgan. 

Qora yölbars böğma ilonlar Janubi-Şarqiy Osiyoda yaşaydi. Bunday ilonning uzunligi odatda 3,7 metrni taşkil qiladi, biroq 5,74 metrlik ilonlar ham uçraydi. 

Bu ilonlar Floridaga 30 yil oldin kelib qolgan. Ular Evergleydsda köpayib, mahalliy jonzotlarni qira boşlagan. Uşbu ilonlarning odamlarga hujum qilgani haqida ma'lum qilinmagan. Joriy yilda pitonlarni qiriş dasturi doirasida 1859 ta böğma ilon öldirilgan.