16:25 / 09.11.2018
19086
Reklama

MDC Nova Pro: Face Lock funksiyasiga ega arzon 4G smartfon sotuvga chiqdi

Foto: MDC

O‘zbekiston bozorida hamyonbop smartfonlari bilan tanilib ulgurgan MDC kompaniyasi yana bir zamonaviy arzon modelni sotuvga chiqardi. Nova Pro deb nomlangan yangi qurilma  zamonaviy smartfon foydalanuvchisi uchun kerak bo‘lgan deyarli barcha asosiy funksiyalar bilan jihozlangan.  U hozirda yurtimiz elektronika bozorlarida 725 ming so‘m atrofidagi narxda 1 yillik rasmiy kafolat bilan qora (Black Tornado) va oltin (Mystery Gold) ranglarida  xaridorlarga taklif qilinmoqda.

Smartfon dizayni sohadagi so‘nggi trendlar asosida ishlab chiqilgan. Dizaynning bejirimligi ishlatish ergonomikasi bilan yaxshi uyg‘unlashgan. Yirik ekran o‘rnatilganiga qaramay, qo‘lda juda qulay joylashadi. Unda kundalik foydalanish uchun zarur bo‘ladigan barcha ilova va funksiyalar mavjud.

MDC Nova Pro modeli Android 8.1Oreo versiyasida ishlaydi, undagi Face Lock funksiyasi bilan ekranni yuz bilan blokdan chiqarish mumkin. Bundan tashqari, barmoq izi skaneridan foydalansa bo‘ladi.

Foto: MDC

Telefonning korpusi mustahkam metalldan ishlangan,orqa paneli ko‘zga yoqimli teksturaga ega, chet qirralari ishlatish oson bo‘lishi uchun aylana shaklda. 18:9 nisbatdagi ekranning kattaligi 5.7 dyuym, HD+ aniqligida (1440x720 piksel, 320 dpi).  Asosiy kameraning aniqligi 8 MP (HDR, Auto Focus), selfi-kameraniki 5 MP, korpusning ikkala tomonidan LED-chaqnoq ko‘zda tutilgan. Bu esa yaxshi yoritilmagan sharoitlarda ham sifatli rasmlar olishga yordam beradi.

MDC Nova Pro ishlash chastotasi 1.3 GGts bo‘lgan to‘rt yadroli Mediatek MTK6737 protsessorida faoliyat yuritadi. Tezkor xotira hajmi 2 GB,  ichki xotirasi 16 GB, shu bilan birga, qo‘shimcha tarzda unga 128 gigabaytgacha bo‘lgan microSD-karta o‘rnatish mumkin. Ushbu devays O‘zbekistondagi barcha mobil operatorlarning 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfonning texnik xususiyatlari:

  • Ekran: 5.7 dyuymlik, IPS (18:9, 1440x720 piksel, 320 dpi);
  • Protsessor: Mediatek MTK6737, Cortex-A53, 1.3 GGts, 4 yadro;
  • Xotira: 2 GBtezkor, 16 GBichki  xotira (+128 GBgacha microSD qo‘yish mumkin);
  • Kamera: 8/5 MP, avtofokus, HDR, Beauty, Panorama, ikkita LED-chaqnoq;
  • Tarmoq: 2G – GSM850/900/1800/1900MHz; 3G – WCDMA 900/2100MHz; 4G – FDD (1/3/5/7/8/20);
  • Aloqa interfeyslari: Wi-Fi 802.11n, Wi-Fi Direct, Bluetooth 4.0;
  • Akkumulyator: 3000 mA/s;
  • Himoya: Barmoq izi skaneri; FaceLock;
  • Operatsion tizim: Android 8.1 Oreo;
  • O‘lchamlari: 152x74x9.1 mm;
  • Vazni: 177 g.

Facebook: www.facebook.com/mdcmobileuzbekistan

Instagram: www.instagram.com/mdc_uzbekistan

Telegram: https://t.me/mdc_mobile_uzbekistan

Veb-sayt: www.mdc.store

 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top