Amerikaning NASA kosmik agentligi Finlandiyaning Nokia kompaniyasi bilan Oyda 4G simsiz aloqa tizimlarini joylaştiriş böyiça şartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda CNN.

Qayd etilişiça, 2028 yilgaça Oyda baza quriş rejalaştirilmoqda. Loyiha Nokia kompaniyasining şöba korxonasi – Bell Labs tomonidan Intuitive Machines muhandislik kompaniyasi bilan birgalikda amalga oşiriladi.

Bell Labs loyiha uçun NASAdan 14,1 million dollar oladi. Kosmik agentlik xabariga köra, 4G tarmoği Oyda radio signallaridan köra işonçli aloqalarni ta'minlaydi. Yerdagi kabi, Oy 4G tarmoğini vaqt ötişi bilan 5G darajasiga kötariş rejalaştirilgan.

Bell Labs kiçik minoralar yaratişga imkon beradigan texnologiyani işlab çiqargani haqida ham xabar berilgan. Ularning signal diapazoni an'anaviylarga qaraganda ança çeklangan, ammo kam quvvat iste'mol qiladi va kosmik kemalarda taşiş uçun juda qulay.

NASA oy bazasini 2028 yilgaça qurib tugatmoqçi. Uşbu muammoni hal qiliş uçun talab qilinadigan texnologiyalarni yaratiş uçun agentlik 370 million dollar ajratdi. Uşbu mablağ simsiz aloqa, elektr energiyasi işlab çiqariş, robototexnika va şu kabi sohalardagi yeçimlar ustida işlaydigan kompaniyalarga ajratiladi.