Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Bahodir Pölatovning “Facebook” ijtimoiy tarmoğidagi rasmiy sahifasi hamda “Telegram” messenjeridagi raqamiga murojaat yöllab, şaxsan qabul qilişni söragan fuqarolar uçun bugun hokimlik binosida navbatdagi qabul ötkazildi. Bu haqda haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Unda fuqarolarning murojaatlari yuzasidan masalalarni birgalikda körib çiqiş va hal etiş uçun viloyat, tegişli tuman hokimliklari mutasaddilari, aloqador idora va taşkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari jalb etildi.

Viloyat hokimi 38 nafar fuqaroning içki yöllarni ta'mirlaş, yölovçi taşiş transportlari faoliyatini samarali taşkil etiş, uy-joy bilan ta'minlaş, kommunal sohadagi kamçiliklarni bartaraf etiş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, aliment undiriş, bandlik va boşqa masalalarga oid murojaatlarini diqqat bilan eşitib, ularni öz örnida, qöşimça örganiş talab etadigan muammolarni qisqa fursatda hal etiş çoralarini kördi.













