Özbekistonda keyingi ikki yilda yoşlar örtasidagi jinoyatçilik va huquqbuzarlik oldingi yillarga nisbatan kamaygan bölişiga qaramay aynan tartibsizlik, taqiqlangan psixotrop moddalarning yoşlar örtasida noqonuniy tarqatilişi hamda ta'lim muassasalari öquvçilarining ötkir tiğli sovuq qurollardan foydalanişi kabi salbiy illatlarning köpayib borişi keng jamoatçilik vakillarini taşvişga solib qöymoqda.
Yoşlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, ayniqsa, ular orasida turli psixotrop moddalarning noqonuniy tarqatilişi hamda ötkir tiğli sovuq qurollardan noqonuniy foydalaniş holatlarini kamaytiriş, şuningdek, mazkur turdagi salbiy illatlardan, uning oqibatlarida keng jamoatçilik fikrini hamda yoşlar munosabatini şakllantiriş maqsadida Özbekiston Yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi “Yoşlar press-klubi”da “Lirika va tramadol kabi psixotrop moddalarning yoşlar örtasida noqonuniy aylanişi: jamoatçilik va yoşlar fikri” mavzusida oçiq muloqot taşkil etildi.

Unda Özbekiston yoşlar ittifoqi ijtimoiy-huquqiy masalalar va huquqbuzarliklar profilaktikasi bölim mudiri Akmal Alimov, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qiliş milliy markazi bölim boşliği, Davlat komissiyasi mas'ul kotibi Şuhratjon Ğulomov, Özbekiston musulmonlar idorasi raisi örinbosari Abdulaziz Mansurov, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi boşqarma katta prokurori Elbek Rahmonov, Narkotiklarni nazorat qiliş qömita raisi örinbosari Şodiya Timurova hamda yoşlar iştirok etdi.



- Bugungi kunda “Tramadol”, “Lirika” deb ataladigan dori vositalari köp tarqalmoqda. Bu holatning oldini oliş maqsadida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta'minlaşga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida” qonun qabul qilindi. Arzimasdek köringan dori vositalari yoşlarni yöldan adaştiradigan, qolaversa, ularni soğlom hayot tarzidan uzoqlaştiradigan vosita sifatida qaralmoqda. Bu dorilar dastlab davolovçi dori vositasi sifatida xizmat qilgan. Yoşlar ulardan boş oğriğini qoldirişda va kayfiyatni kötarişda foydalanişgan. Unga salomatlik baxş etuvçi davo sifatida qaraşgan. Bu kabi dori vositalarida giyohvand moddalarida bölgani kabi öziga örgatib qöyiş xususiyati bor va u insonni öziga tobe etib qöyadi. Bu esa hayotimizda giyohvandlikning yangiça körinişini paydo qiladi. Aldov yöllari bilan öquvçi yoşlarimiz ham bu dorilarni qabul qilgan holatlari kuzatildi. Ayrim yoşlar baloğat yoşidagi özgarişlar va dipressiya holatlarini yengiş uçun psixotrop moddalarni xarid qilişmoqda. Ba'zilar bu dorini qabul qiliş orqali imtihonlarga yaxşi tayyorgarlik köriş, asablarni tinçlantiriş, diqqatni jamlaş va ruhiy yengillikni seziş mumkin degan safsatalarga işonib kuniga 40 donagaça qabul qiliş orqali soğligida xavfli muammolarni keltirib çiqarmoqda, - deydi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qiliş milliy markazi bölim boşliği, Davlat komissiyasi mas'ul kotibi Şuhratjon Ğulomov.















