Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamenti va Kun.uz taqdim etadi. Qamoq devorlari ortida singan taqdirlar, keçikkan puşaymon va “oson pul”ning asl bahosi haqida hikoya.
Bekzod Kerimov, 27 yoşda. Jazo muddatini ötamoqda.
«2009 yilda adam xuddi şu joyda ötib qoldi. Esimda bor, uyga tobuti yopilgan holda kelgan edi. Balki psixikam öşa paytda buzilgandir, şundan keyin yomon bolalar bilan köçada yurganman, maktabgayam bormaganman deyarli. Öşanda, 10 yoşimda mana şu tatuirovkalarni çizganman.
Oxiri mana şu yer böldi, şu yerga tuşib odam köp narsaning qadriga yetadi. Birinçi navbatda ota-ona, uyidagilarning qadriga yetadi. Köçada yurganimizda şu narsalarni tuşunmasdik. Şu kamerada 6 oy ötirganman, tört devorda kun böyi özingiz bilan özingiz bölasiz. Osonmas…
Menda hamma narsam – maşinam, uyim hammasi bor edi. Töqçilikdan kirganman bu yölga. 251-modda menga qöyilgan sanksiya, kuçli psixotrop moddalar. Bu narkotikmas – psixotrop».
Bekzod özining 3 mingdan ortiq obunaçisi bor yopiq telegram kanali orqali psixotrop moddalar savdosi bilan şuğullangan. Uning aytişiça, bu kabi kanallar önlab bölib, haligaça faol. Sönggi 5 yilda musodara qilingan sintetik narkotiklar hajmi 80 baravarga oşgani qayd etilmoqda. Ammo bu – muammoning faqat körinayotgan qismi.
“Faqat kurer, “peşka”lar tuşadi bu yerga”
“Muşukning ovqati bor – viskas. Masalan bir tonna muşukning ovqati kirayotgan bölsa, içida 2-3 kg psixotrop böladi. Ovqat bitta qadoqda 950 gramm böladi, poroşok turadi, keyin polietilen paket, falgaga öraladi. Bojxonada falgada körinmaydi. Keyin atrofiga muşukning ovqati solinadi. Bemalol ötadi bojxonada. Oldin Qirğizdan kirardi, hozir eng asosiy yetkazib beruvçi Xitoydan kirib keladi.
2019 yildan bunaqa moddalarni sotiş rasman taqiqlandi. Keyin 2020 yilda birinçi bölib psixotroplarni olib kirgan telegram kanal juda taniqli va haliyam işlayapti. “Toşturma”ni özida minimum 200-300 ta odam ötiribdi öşa kanaldan. Katta kanallar şunaqa, faqat kurer, “peşka”lar tuşadi bu yerga. Kattalar Rossiyada, Şveytsariyada. Çunki kiberxavfsizlik urmaydi. Lokatsiya çiqmaydi. Ularni qanday uşlaydi – faqat kameradan, maşinadan kurerlarni qölga olişadi. Bitta kurerni tutişadi, kamida 10 yil berişadi. Lekin bir soatda kanalga e’lon beriladi, kurer kerakligi haqida. Böldi, 1 soat ötib boşqa odam kanalni işlatadi.

















