Boş prokuratura huzuridagi departamentning xabar berişiça, departamentning hududiy boşqarmalari DXX va IIIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirlarda kuçli ta’sir etuvçi dorilarni sotayotgan şaxslar uşlangan.
Jumladan, departamentning Samarqand şahar bölimi va DXX hamda IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar O.N. va A.S. ikki nafar fuqaroga 468 dona “Reduksin Layt” nomli kuçli ta’sir qiluvçi dorini 9 mln sömga, fuqarolar D.K. va B.S. fuqaro N.K.ga 186 dona “Zardeks” nomli dorini 6,5 mln sömga sotgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Qamaşi tuman bölimi va IIB xodimlari hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirlarda “J.B.” dorixonasi sotuvçisi X.M. va “Sh.A.” MÇJ dorixonasi sotuvçisi U.S. xaridorlar M.J. va U.S.ga 90 dona “Tebantin” nomli kuçli ta’sir qiluvçi dorini sotgan vaqtida uşlangan.
Tekşiruv çoğida uşbu dorixonalardan jami 430 dona dori vositasi aşyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Buxoro viloyat boşqarmasi va Romiton tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlarda “D.H.” va “K.B.” MÇJlarga qaraşli dorixona sotuvçilari D.R. va J.S. 2 nafar xaridorga 30 dona “Gabanerv” hamda 10 dona “Tebantin” nomli kuçli ta’sir qiluvçi dorini sotgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Olmazor tuman bölimi va DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.E. öz uyida 115 dona “Regapen”, 84 dona “Lirika” va 26 dona “Tropikamid” nomli kuçli ta’sir qiluvçi dorilarni ötkaziş maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuçli ta’sir qiluvçi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.













