Somali poytaxti Mogadişoda 4 ta avtomobil portlatilişi oqibatida kamida 20 kişi halok böldi, 17 kişi jarohat oldi. Bu haqda “Assoşieyted Press” axborot agentligi xabar berdi.
Portlaşlar Sahafi Hotel mehmonxonasi yonida sodir etilgan.
Ma'lum qilinişiça, mehmonxona yonida 3 ta portlaş sodir etilgandan keyin voqea joyiga şifokorlar kelganda, 4-portlaş sodir etilgan. Politsiya kapitani Muhammad Hussaynning aytişiça, mehmonxona politsiyaning jinoiy tergovlar departamenti yaqinida joylaşgan.
Xavfsizlik kuçlari mehmonxona hududiga portlaş oqibatida devorda hosil bölgan darça orqali kirmoqçi bölgan 4 jangarini yöq qilişgan. “Bosqinçilar mehmonxonaga kira olmagan bölsa-da, portlaşlar oqibatida devor ortida köp odam halok böldi”, deb aytgan Hussayn.
Ta'kidlanişiça, portlaş uçun javobgarlikni “Aş-Şabob” ekstremistik guruhi öz zimmasiga olgan.












