Fransiya moliya vaziri Bryuno le Mer Yevropani xuddi Amerika Qöşma Ştatlari va Xitoy singari «imperiya»ga aylantirişga çaqirdi. Bu haqda Handelsblatt xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, Yevropa «öz kuçlarini işlatişdan qörqmasligi» kerak.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Yevropa «imperiyasi» huquqiy davlat prinsiplariga asoslangan ham bölişi lozim.

Merning ta'kidlaşiça, YeIni AQŞning Eronga qarşi sanksiyalari oqibatlaridan himoya qiliş kerak.

Eslatib ötamiz, avvalroq «Taxtlar öyini» uslubida Eronga tahdid qilgan Tramp yangi bitimga tayyorligini ma'lum qilgandi.