«Mançester Siti» Angliya Premer-ligasining 12-turida «Mançester Yunayted»ni qabul qildi. Mançesterdagi «Etihad — Siti of Mançester» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining ğalabasi bilan yakunlandi.

Öyindagi birinçi golni «Mançester Siti» yarimhimoyaçisi David Silva öz nomiga yozdirib qöydi, u 12-daqiqadayoq raqib darvozasini işğol etdi. Ikkinçi bölim boşida «şaharliklar» Serxio Agueroning aniq zarbasi evaziga ustunlikni oşirişdi. 58-daqiqada «qizil iblislar» penalti tepiş huquqini qölga kiritişdi va Antoni Marsiyal zarba berişda adaşmadi. Öyin oxirida «Siti» xavbeki Ilkay Gundöğan yakuniy hisobni örnatdi - 3:1.

Endilikda «Mançester Siti» oçkolari sonini 32taga yetkazgan holda «Liverpul»ni (30) quvib ötgan va Angliya çempionati turnir jadvalini boşqarişda davom etmoqda, «Mançester Yunayted» 20 oçko bilan 8-öringa tuşib qolgan.

Angliya çempionati
12-tur
Mançester Siti – Mançester Yunayted 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 12 Silva, 2:0 – 48 Aguero, 2:1 – 58, penalti Marsiyal, 3:1 – 86 Gundöğan.
Mançester Siti – Ederson, Stounz, Mendi, Uoker, Laport, Silva (Foden, 90), Fernandino, Mahrez (Sane, 62), Bernardu Silva, Sterling, Aguero (Gundöğan, 75).
Mançester Yunayted – De Xea, Smolling, Şou, Yang, Lindelef, Fellayni, Matiç, Lingard (Lukaku, 57), Errera (Mata, 73), Marsiyal, Reşford (Sançes, 73).
Ogohlantirişlar: Bernardu Silva (33), Şou (42).